“Turk havo yoʻllari” 2023 yilda rekdord darajadagi 83,4 mln tashidi
“Turk havo yoʻllari” 2023 yilda 83,4 mln yoʻlovchi tashib, barcha davrlarning eng yuqori yoʻlovchi soniga erishdi.
“Turk
havo yoʻllari” (THY) tomonidan oʻtgan yilning yanvarʻ-dekabrʻ oylarida tashilgan
yoʻlovchilar sonini 2022 yilga nisbatan 16,1 foizga oshirib, 83,4 mln kishiga etdi,
deya xabar bermoqda Anadolu.
2022
yilning yanvarʻ-dekabrʻ oylarida xalqaro-xalqaro yoʻlovchilar soni 23,4 mln kishini
tashkil etgan boʻlsa, 2023 yilning shu davrida 27,1 foizga oshib, 29,8 mln kishiga
etgan.
Oʻrindiqlarning
umumiy bandligi 2022 yilning shu davriga nisbatan 1,9 punktga oshib, 82,6 foizni
tashkil etdi.
2022
yilda oʻrindiqlar soniga nisbatan bosib oʻtilgan masofa umumiy 201,8 mlrd km ni
tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2023 yilda 16,4 foizga oshib, 234,8 mlrd ga
etdi.
2022
yilda tashilgan yuk va pochta hajmi 1,68 mln tonnani tashkil etadi, 2023 yilda esa
1,2 foizga kamayib, 1,66 mln dan iborat boʻldi.
Eʻʻlon
qilingan hisobotga koʻra, THY flotidagi samolyotlar soni 440 taga koʻtarildi.
Avvalroq
Turkiya 2023 yilda tashqi savdo hajmi 255 mlrd 809 mln dollarga etib, mamlakat
tarixidagi rekord daraja qayd etilgani xabar qilingan edi.