30.12.2023 10:31

Turkiya jahon savdosidagi ulushini rekord darajaga oshirdi

2023 yilning toʻqqiz oyida mamlakat ulushi 23,9 trln dollarlik jami jahon savdosining 1,06 foizini tashkil etdi.

2023 yilning yanvarʻ-sentyabrʻ oylarida Turkiyaning jahon savdodagi ulushi 1,06 foizga etdi, deya maʻʻlum qildi Turkiya savdo vaziri Omer Bolat.

“Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan eʻʻlon qilingan soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, 2023 yilning 9 oyida eksportimiz 253,3 mlrd dollarga oʻsdi. Turkiyaning ulushi koʻrsatilgan davrda jahon savdosining 1,06 foizini tashkil etib, rekordni yangiladi. 2022 yil yakunlariga koʻra, mamlakatimizning jahon eksportidagi ulushi 1,02 foizni tashkil etdi”, — deb yozdi vazir X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmogʻida.

Avvalroq, dekabrʻ oyi oxirida mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Turkiya Markaziy bankining valyuta zaxiralari rekord darajadagi 145,4 mlrd dollarga etganini xabar qilgandi.

Mavzuga aloqador