turkiy dunyo
Turkiylar qachon qudratli boʻlgan: tarix sabogʻi va yangi davrda uygʻonish
Tarix sahifalarini varaqlasak, turkiy xalqlarning eng buyuk davrlari ular birlashgan paytlarga toʻgʻri kelishini koʻramiz. Buyuk Xoqonliklar, Oltin Oʻrda, Usmoniy saltanati, Chigʻatoy ulusi, Xiva va Qoʻqon xonliklari – bularning barchasi turkiy xalqlarning qudrati bir markazda jamlanganda gullab-yashnaganiga yaqqol misol.
Davomini o'qish...40611.03.2025 17:35Shavkat Mirziyoev Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi
Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. TDT oqsoqollar kengashi raisi Turkiy dunyo shaharsozlik kongressida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan.
Davomini o'qish...24619.02.2025 09:00Qozogʻistonning Aqtau shahri TURKSOY tashkiloti tomonidan 2025 yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb eʻʻlon qilindi. Ushbu faxriy unvonga 2024 yilda Turkmanistonning Anau shahri egalik qildi. Yil davomida Aqtauda turli xalqaro tadbirlar, festival, anjuman va boshqalar oʻtkaziladi.
Davomini o'qish...48419.11.2024 10:34Turkiy davlatlar birinchi xonimlari iqlim oʻzgarishlari muammosiga diqqat qaratdi
Ozarbayjon poytaxti Bokuda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasi (COP29) ishtirokchilarining 29-konferentsiyasi doirasida Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Qirgʻiziston rahbarlarining rafiqalari uchrashdi. Ular iqlim oʻzgarishlarining ayniqsa yoshlar va bolalar salomatligiga salbiy taʻʻsiriga eʻʻtibor qaratishdi.
Davomini o'qish...53113.11.2024 12:14Turkiy davlatlarda oila, nikoh va ajrim masalalarida jamoaviy fatvo ishlab chiqishga kelishildi
Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashi huzuridagi Fatvo hayʻʻati yigʻilishida turkiy davlatlarda oila, nikoh va ajrim borasidagi muammoli masalalarni oʻrganib, jamoaviy fatvo ishlab chiqishga kelishib olindi. Ushbu taklif Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ilgari surildi.
Davomini o'qish...98105.10.2024 09:48Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
Davomini o'qish...118406.06.2024 16:15Turk dunyosini raqamlashtirish qanday amalga oshiriladi?
Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Kotibiyati hamda Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mintaqadagi ePermit loyihasi (elektron ruxsatnoma tizimi) boʻyicha ekspertlar taklifi tinglandi. ePermit tashabbusi transport va logistikani raqamlashtirishda ilgʻor saʻʻy-harakatlar boʻlib, bu tranzit vaqtlarini qisqartiradi va xarajatlarni kamaytiradi, mintaqaning raqobatbardoshligini oshiradi.
Davomini o'qish...118401.06.2024 16:03Turkiya arab davlatlari bilan Markaziy Osiyoda xamkorlik qilmoqchi
Turkiya va arab davlatlari Afrika va Markaziy Osiyoda hamkorlikda ish olib bormoqchi. Buning uchun yaxshi siyosiy munosabatlar mavjudligini tilga olgan Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek erkin savdo kelishuvlari orqali savdo va sarmoyani ragʻbatlantirish mumkinligini taʻʻkidladi.
Davomini o'qish...120125.05.2024 08:46Numan Kurtulmush: Turk dunyosi yangi kuch markaziga aylanadi
Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush Oʻzbekistonga tashrifi ajdodlar diyorida ekani uchun qulaylik hissi bilan kechayotganini maʻʻlum qildi. U Turk dunyosining birligi va rivojlanishi tinchlik va barqarorlikka hissa qoʻshishini taʻʻkidladi. “Turk dunyosining salohiyati, jumladan inson resurslari va tabiiy boyliklari, chuqur tarixiy va madaniy aloqalari kelajakda yangi kuch markaziga aylanishiga imkon beradi”, - dedi Kurtulmush.
Davomini o'qish...133323.05.2024 15:33Turkiy davlatlarni birlashtiruvchi brend yaratildi
Qozogʻistonda Ozarbayjon tashabbusi bilan turkiy dunyo savdo belgilarini birlashtirgan Made in Turan brendi yaratildi. Ushbu brend Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʻʻzo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yagona markalashga oʻtishni nazarda tutadi.
Davomini o'qish...141723.05.2024 10:52