25.05.2024 08:46
Turkiya arab davlatlari bilan Markaziy Osiyoda xamkorlik qilmoqchi
Turkiya va arab davlatlari Afrika va Markaziy Osiyoda hamkorlikda ish olib bormoqchi. Buning uchun yaxshi siyosiy munosabatlar mavjudligini tilga olgan Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek erkin savdo kelishuvlari orqali savdo va sarmoyani ragʻbatlantirish mumkinligini taʻʻkidladi.
Turkiya va arab davlatlari Afrika va Markaziy Osiyoda hamkorlikda ish olib boradi. Bu haqda Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek maʻʻlum qildi. Shimshek, shuningdek, Turkiyaning Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoga darvoza vazifasini bajarayotganini, arab dunyosining esa Turkiya uchun Osiyo va Afrika oʻrtasida bogʻlovchi boʻlish salohiyati katta ekanini taʻʻkidladi.
Turkiya Moliya vaziri Mehmet Shimshek Istanbulda ikki kun davom etgan Xalqaro arab banklari sammitida nutq soʻzladi.
Unda Mehmet Shimshek Turkiya va arab dunyosining kuchli ishtiroki borligini, lekin oʻz imkoniyatlaridan toʻliq foydalanmayotganini taʻʻkidladi.
Juma kuni nihoyasiga etgan ikki kunlik tadbir prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon homiyligida Arab Banklar Ittifoqi tomonidan uyushtirildi.
Shimshek, shuningdek, Turkiyaning Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoga darvoza vazifasini bajarayotganini, arab dunyosining esa Turkiya uchun Osiyo va Afrika oʻrtasida bogʻlovchi boʻlish salohiyati katta ekanini taʻʻkidladi.
“Bizda yaxshi siyosiy munosabatlar mavjud va biz bu imkoniyatlardan foydalana olamiz”, - dedi u.
"Avvalo, eng yaxshi echim - erkin savdo shartnomalarini tuzish, bu esa koʻproq taraqqiyot va farovonlikni yaratadi. Oʻylaymanki, erkin savdo kelishuvlari, albatta, savdo va sarmoyani ragʻbatlantirishga yordam beradi", - deya qoʻshimcha qildi Turkiya moliya vaziri.
Shuningdek, Turkiya turizmni rivojlantirishga yordam berishi va arab dunyosini inson resurslari bilan taʻʻminlashi mumkin. Bu Turkiya va arab dunyosi birgalikda koʻp ish qilishi mumkin boʻlgan sohadir, dedi vazir.
Turkiyaning global miqyosdagi loyihalari bilan Xitoydan keyin ikkinchi eng katta qurilish sektoriga ega ekanligini eslatib, bu ham hamkorlik uchun istiqbolli soha ekanligini qoʻshimcha qildi.