01.06.2024 16:03
Turk dunyosini raqamlashtirish qanday amalga oshiriladi?
Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Kotibiyati hamda Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mintaqadagi ePermit loyihasi (elektron ruxsatnoma tizimi) boʻyicha ekspertlar taklifi tinglandi. ePermit tashabbusi transport va logistikani raqamlashtirishda ilgʻor saʻʻy-harakatlar boʻlib, bu tranzit vaqtlarini qisqartiradi va xarajatlarni kamaytiradi, mintaqaning raqobatbardoshligini oshiradi.
2024 yil 29-30 may kunlari Istanbul shahrida Turkiy mintaqadagi ePermit loyihasi (elektron ruxsatnoma tizimi) boʻyicha ekspertlar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Kotibiyati hamda Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda TDTga aʻʻzo davlatlar va Turkmaniston transport vazirliklari mutasaddilari va IT-ekspertlari ishtirok etdi.
Tomonlar Transport kommunikatsiyalari dasturi va 2023-2026 yillarga moʻljallangan Harakat dasturi doirasidagi soʻnggi oʻzgarishlar yuzasidan fikr almashdilar.
ePermit tashabbusi transport va logistikani raqamlashtirishda ilgʻor saʻʻy-harakatlar boʻlib, bu tranzit vaqtlarini qisqartiradi va xarajatlarni kamaytiradi, mintaqaning raqobatbardoshligini oshiradi.
Mutaxassislar Ostona sammitida davlat rahbarlarining koʻrsatmalariga eʻʻtibor qaratdi. Unda prezidentlar Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida loyiha muvaffaqiyatli boshlanganidan mamnunlik bildirib, uni boshqa ishtirokchi davlatlarda ham amalga oshirishga chaqirdi.
Uchrashuvdan soʻng tomonlar ePermit loyihasini qoʻllash Printsiplarini, shuningdek, milliy tizimlarni integratsiyalashuvi masalalarini va loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini muhokama qildilar va tasdiqladilar.