23.05.2024 10:52
Turkiy davlatlarni birlashtiruvchi brend yaratildi
Qozogʻistonda Ozarbayjon tashabbusi bilan turkiy dunyo savdo belgilarini birlashtirgan Made in Turan brendi yaratildi. Ushbu brend Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʻʻzo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yagona markalashga oʻtishni nazarda tutadi.
Turkiy dunyo savdo belgilarini birlashtirgan brend yaratildi. Bu haqda Vatandosh TV Oxu.uz nashriga tayanib maʻʻlum qildi.
Ozarbayjon franchayzing uyushmasi boshqaruvi raisi Jamid Movsumov aytishicha, Made in Turan brendining yaratilishi Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʻʻzo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yagona markalashga oʻtishni nazarda tutadi.
"Made in Turan brendi uchun olinadigan maxsus imtiyozlar tufayli mamlakatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasi oshadi va iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi. Made in Turan brendining joriy etilishi turkiy dunyo brendlari uchun yangi davrni anglatadi.
Ushbu brendlash siyosati natijasida turkiy davlatlar brendlari rivojlanadi. Maxsus imtiyozlar tufayli global brend boʻlish yoʻlida Turkiy davlatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasi oʻsib boradi, Made in Turan brendining tan olinishiga hissa qoʻshadi.
Turk dunyosi butun dunyoda muhim iqtisodiy kuch sifatida Made in Turan savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Movsumov.