19.02.2025 09:00
246

Shavkat Mirziyoev Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi

Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. TDT oqsoqollar kengashi raisi Turkiy dunyo shaharsozlik kongressida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan.

Shavkat Mirziyoev 18 fevralь kuni shaharsozlik sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida mehmon davlat rahbariga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanning salomini etkazdi.

Tomonlar koʻp qirrali hamkorlikni muvofiqlashtirish va ilgari surishda oqsoqollar kengashining roli va faol ishtiroki ortib borayotganini hisobga olib, tashkilot doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari yakunida qabul qilingan dastur va tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida amaliy sheriklikni kengaytirish va aloqalarni faollashtirish muhim ekani taъkidlandi.

TDT doirasidagi boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Taъkidlash joizki, oqsoqollar kengashi TDT huzuridagi doimiy maslahat organi hisoblanadi.

Turkiy dunyo shaharsozlik kongressi 2002 yilda Anqara shahrida tashkil etilgan Muhandis va meъmorlar uyushmasi tomonidan oʻtkaziladi. Uyushma faoliyatida Samarqand va Navoiy shaharlari hokimliklari faol ishtirok etmoqda.

Avvalroq Ozarbayjondagi biznes forumida TDT doirasida tashkil etilgan Turkiy investitsiya jamgʻarmasining kapitali 600 mln dollarga oshirilishi xabar qilingandi. Bu hududda kichik va oʻrta biznesni, shuningdek, infratuzilma va savdo loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirishga qaratilgan.

Mavzuga aloqador