suv toshqinlari
Indoneziyada suv toshqinlari va koʻchkilar oqibatida 16 kishi halok boʻldi, 8 kishi bedarak yoʻqoldi
Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, Indoneziyaning Yava orolida kuchli yogʻingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari va koʻchkilar oqibatida 16 kishi halok boʻlgan, 8 kishi esa bedarak yoʻqolgan.
Davomini o'qish...33122.01.2025 10:15Ispaniyada sel qurbonlari soni 223 nafarga etdi
Ispaniyada suv toshqinlari natijasida halok boʻlganlar soni 223 nafarga etdi. Bundan tashqari, 78 kishi hamon bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda, 48 kishining shaxsi hali aniqlanmagan. Yaqin kunlarda yana kuchli yogʻingarchiliklar boʻlishi kutilmoqda.
Davomini o'qish...59209.11.2024 11:34Ispaniyadagi suv toshqinlari 100 ga yaqin odamning hayotiga zomin boʻldi (foto)
Ispaniyada 1973 yildan beri halokatli tabiiy ofat sodir boʻldi – kuchli yogʻingarchiliklar sababli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 95 kishi halok boʻldi. Valensiya avtonom hamjamiyati eng koʻp jabr koʻrdi, u erda 92 kishi hayotdan koʻz yumdi. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Davomini o'qish...79431.10.2024 11:46Bangladeshda suv toshqinlari va koʻchkilar qurbonlari soni 27 kishiga etdi
Bangladeshda musson yomgʻirlari tufayli roʻy bergan suv toshqini, koʻchki va daryo toshishi oqibatida halok boʻlganlar soni 27 kishiga etdi, 2 kishi bedarak yoʻqoldi. Yogʻingarchiliklar oqibatlaridan butun mamlakat boʻylab 5,6 millionga yaqin odam jabrlandi, 35 ming bosh chorva mollari xavfsiz hududlarga koʻchirildi.
Davomini o'qish...76828.08.2024 11:03Hindistonning toʻgʻonlarni ochib yuborishi Bangladeshda suv toshqinlariga olib keldi
Hindistonning toʻgʻonni ochib yuborishi Bangladeshda katta hududlarni suv bosishiga sabab boʻlib, gumanitar inqirozni yuzaga keltirdi. Bunga qoʻshni mamlakatda yaqinda hindularga hujum qilinganiga javob sifatida yoʻl qoʻyilgani sabab ekani aytilmoqda. Umuman, kuchli yogʻingarchiliklar va suv toshqinlaridan Bangladeshda 4,5 million kishi jabrlandi, oxirgi uch kun ichida 13 kishi halok boʻldi.
Davomini o'qish...146223.08.2024 14:52Yamandagi suv toshqinlari qurbonlari soni 61 kishiga etdi
Iyulʻ oyi oxirlaridan buyon Yamanda kuzatilayogan kuchli yomgʻir va suv toshqinlari sababli hayotdan koʻz yumganlar soni 61 nafarga etdi. Ularning katta qismi ichki urushlar natijasida koʻchirilgan fuqarolardir. Yaman hukumati xalqaro hamjamiyatdan suv toshqinlari qurbonlariga insonparvarlik yordami ajratilishini soʻradi.
Davomini o'qish...94512.08.2024 08:34Afgʻonistonda suv toshqini oqibatida kamida 40 kishi halok boʻldi
Afgʻonistonning sharqidagi Nangarhor viloyatida kuchli yogʻingarchiliklar keltirib chiqargan suv toshqini oqibatida kamida 40 kishi halok boʻldi, yana 347 kishi jarohatlandi.
Davomini o'qish...103217.07.2024 10:29Eronda suv toshqinlari 7 kishining hayotiga zomin boʻldi
Eronning Mashhad shahrida kuchli yomgʻir keltirib chiqargan suv toshqini oqibatida etti kishi halok boʻldi. Mashhad munitsipaliteti rahbari Mohsen Daverining aytishicha, toshqindan jabrlangan kamida 250 oila shaharning xavfsizroq joylariga evakuatsiya qilingan. Shahardagi jami 150 ta uy suv toshqinidan zarar koʻrgan. 12 kishi bedarak yoʻqolgan.
Davomini o'qish...127616.05.2024 16:02Afgʻonistonda 300, Indoneziyada 27, Braziliyada 144 kishi suv toshqinlari qurboni boʻldi
Dunyo boʻylab davom etayotgan suv toshqinlari qurbonlari soni ham ortib bormoqda. Soʻnggi kunlarda suv toshqinlari sababli Afgʻonistonda 300 dan ziyod kishi ofat qurboniga aylangan boʻlsa, bu koʻrsatkich Keniyada 267, Braziliyada 144, Indoneziyada 27 nafarni tashkil etmoqda. Jabrlanganlar soni va zararlar miqdori ham juda yuqori.
Davomini o'qish...124713.05.2024 13:05Afgʻoniston shimolida kuchli suv toshqini yuzaga keldi
Tinimsiz yogʻingarchilik tufayli Afgʻonistonning Bagʻlon viloyatida suv toshqinlari yuzaga keldi. Sel uylarni vayron qilgan, 200 ga yaqin odam halok boʻlgan va bedarak yoʻqolgan.
Davomini o'qish...145211.05.2024 12:39