23.08.2024 14:52

Hindistonning toʻgʻonlarni ochib yuborishi Bangladeshda suv toshqinlariga olib keldi

Hindistonning toʻgʻonni ochib yuborishi Bangladeshda katta hududlarni suv bosishiga sabab boʻlib, gumanitar inqirozni yuzaga keltirdi. Bunga qoʻshni mamlakatda yaqinda hindularga hujum qilinganiga javob sifatida yoʻl qoʻyilgani sabab ekani aytilmoqda. Umuman, kuchli yogʻingarchiliklar va suv toshqinlaridan Bangladeshda 4,5 million kishi jabrlandi, oxirgi uch kun ichida 13 kishi halok boʻldi.

Hindistonning toʻgʻonni ochib yuborishi Bangladeshda katta hududlarni suv bosishiga sabab boʻlib, gumanitar inqirozni yuzaga keltirdi. Bunga qoʻshni mamlakatda yaqinda hindularga hujum qilinganiga javob sifatida yoʻl qoʻyilgani sabab ekani aytilmoqda.

Hindiston rasmiylari bu harakat oʻz fuqarolarini himoya qilish uchun majbur boʻlganini maʻʻlum qildi, biroq xalqaro hamjamiyat voqea yuzasidan xavotir bildirdi.

Bangladeshda shusiz ham soʻnggi uch kun ichida mavsumiy yogʻingarchilik va suv toshqinlari oqibatida kamida 13 kishi halok boʻldi, shuningdek, 4,5 million kishi tabiiy ofatlardan jabrlangan.

Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha oʻlimlarning asosiy sabablari orasida suvga choʻkish, elektr toki urishi yoki daraxtlarning qulashi kiradi. Qutqaruvchilar shoshilinch yordam koʻrsatish uchun 190 mingga yaqin odamni vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirishdi.

Hukumat maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatning 64 ta tumanidan 11 tasi suv toshqinidan jabr koʻrgan. Chittagongning asosiy port shahridan taxminan 100 km shimoli-gʻarbda joylashgan Feni shahri eng koʻp zarar koʻrdi.

Bangladeshda iyuldan oktyabrgacha davom etadigan musson yomgʻirlari tufayli daryolarning toshishi natijasida yuzaga kelgan bu yilgi suv toshqinlari mamlakatda soʻnggi 37 yildagi eng yomoni boʻldi. Minglab qishloq va aholi punktlari suv ostida qolgan. Bangladeshning bir qancha hududlarida elektr energiyasi uzilgan. 1,8 mingdan ortiq mobil aloqa minoralari ishlamayapti.

Mavzuga aloqador