Indoneziyada suv toshqinlari va koʻchkilar oqibatida 16 kishi halok boʻldi, 8 kishi bedarak yoʻqoldi
Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, Indoneziyaning Yava orolida kuchli yogʻingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari va koʻchkilar oqibatida 16 kishi halok boʻlgan, 8 kishi esa bedarak yoʻqolgan.
Indoneziya Milliy ofat markazi tomonidan berilgan bayonotga
koʻra, Java orolida haddan tashqari yogʻingarchilik tufayli suv toshqinlari va
koʻchkilar sodir boʻldi.
Noqulay ob-havo sharoiti va borish qiyinligi qidiruv-qutqaruv
ishlarini sekinlashtirgani bildirilgan bayonotda, dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, 16
kishi hayotdan koʻz yumgan, 8 kishi esa bedarak yoʻqolgan.
Bayonotda falokatdan omon qolgan 11 kishi atrofdagi
shifoxonalarda davolanishda davom etayotgani bildirildi.
Indoneziyada odatda
oktyabrdan martgacha davom etadigan mavsumiy yogʻingarchiliklar tez-tez suv toshqini va koʻchkilarga sabab boʻladi.
Indoneziya hukumati yillik suv toshqinlari, infratuzilma
muammolari va er osti
suvlaridan ortiqcha foydalanish kabi holatlar tufayli binolarda choʻkish holatlari kuzatilayotgani sababli
poytaxtni Jakartadan koʻchirishga qaror qilgan edi. Buning uchun Borneo orolida
yangi Nusantara shahri barpo etilmoqda.