Bangladeshda suv toshqinlari va koʻchkilar qurbonlari soni 27 kishiga etdi
Bangladeshda musson yomgʻirlari tufayli roʻy bergan suv toshqini, koʻchki va daryo toshishi oqibatida halok boʻlganlar soni 27 kishiga etdi, 2 kishi bedarak yoʻqoldi. Yogʻingarchiliklar oqibatlaridan butun mamlakat boʻylab 5,6 millionga yaqin odam jabrlandi, 35 ming bosh chorva mollari xavfsiz hududlarga koʻchirildi.
Bangladeshda
kuchli yomgʻirlar tufayli roʻy bergan suv toshqini, koʻchki va daryo toshishi oqibatida
halok boʻlganlar soni 27 kishiga etdi, yana ikki kishi bedarak yoʻqolganlar
roʻyxatida.
Bdnews24 tabiiy ofatlarni boshqarish va ularga yordam berish
vazirligi maslahatchisi oʻrinbosari Ali Rizaga tayanib, yomgʻir oqibatlaridan butun mamlakat boʻylab
5,6 millionga yaqin odam jabrlanganini maʻʻlum qildi.
Uning
soʻzlariga koʻra, joylarda jabrlanganlarga 620 nafar tibbiyot xodimi yordam
koʻrsatmoqda.
Vaqtinchalik qabulxonalarga 510 mingga yaqin aholi
joylashtirilgan. 34 500 bosh hayvon tabiiy ofat hududidan xavfsiz hududlarga olib
ketildi.
Rasmiy
vakil butun mamlakat boʻylab oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar etarli
boʻlishiga ishontirdi. Hukumat jabrlangan hududlar aholisiga yordam berishda davom
etadi, dedi u.
Dhaka Tribune nashriga
koʻra, hukumat va nohukumat tashkilotlar tomonidan ajratilgan yordam suv
toshqinidan zarar koʻrgan borish qiyin boʻlgan hududlarga etib bormayapti.
Transport kommunikatsiyalaridagi muammolar va qayiqlar etishmasligi tufayli
aholining bir qismi oziq-ovqat, toza ichimlik suvi va dori-darmonlardan mahrum,
deya qayd etadi nashr.
Bangladeshliklar halokatda Hindistonni ayblamoqda
Avvalroq Dakkadagi Jagannat universitetining 600 ga yaqin
talabasi Hindistonning Tripura shtatida joylashgan toʻgʻonning ochilishi
Bangladeshdagi vayronkor suv toshqinlariga sabab boʻlganini aytib, Hindistonga
qarshi norozilik namoyishi oʻtkazgan edi. Biroq Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bu ayblovlarni
rad etdi.
Hindiston va Bangladesh kabi Janubiy Osiyo mamlakatlarida
musson yomgʻirlari odatda iyunʻ oyida boshlanadi.
Hindiston va Bangladesh Himoloy togʻlaridan Bengal koʻrfaziga
oqib oʻtadigan 54 ta umumiy daryoga ega. Ikki davlat oʻrtasida ushbu umumiy daryolarning
suvlarini boʻlishish boʻyicha kelishmovchilik saqlanib qolmoqda.