11.05.2024 12:39

Afgʻoniston shimolida kuchli suv toshqini yuzaga keldi



Tinimsiz yogʻingarchilik tufayli Afgʻonistonning Bagʻlon viloyatida suv toshqinlari yuzaga keldi.

Sel uylarni vayron qilgan, odamlarni suv olib ketgan. 200 ga yaqin odam halok boʻlgan va bedarak yoʻqolgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi. Ayni paytda Bagʻlondagi vaziyat juda ogʻir

Eslatib oʻtamiz (https://azon.global/kr/posts/halqaro-hayot/afgoniston-pokiston-va-baa-kucli-suv-tosqinlaridan-zabr-krdi),  Afgʻonistonda mavsumiy yomgʻirlar sabab 400 dan ortiq hayvonlar nobud boʻlgani, katta hajmdagi ekin maydonlari va yoʻl infratuzilmasi vayron boʻlgani haqida xabar bergan edik. Toshqin natijasida 50 kishi halok boʻlgan, 36 nafari jarohat olgan. 706 ta uy qulab, yana 1606 ta uy zarar koʻrgan edi.

Mavzuga aloqador