Atom elektr stantsiyasi, gaz va 30 milliard dollar. Putin va Mirziyoev nima boʻyicha kelishib olishdi
Oʻzbekiston va Rossiya delegatsiyalari oʻrtasida 27 ta hujjat,
jumladan, kichik atom stantsiyalari qurish, Moskva texnika universiteti va
Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish boʻyicha shartnomalar
imzolandi. Ikki davlat rahbarlari oʻzaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga
oʻtish siyosatini tasdiqladilar.
Bundan tashqari, Rossiya va Oʻzbekiston rahbarlari Vladimir
Putin va Shavkat Mirziyoevning qariyb 4 soat davom etgan muzokaralari yakunida
Qoʻshma bayonot qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putinning qoʻshma bayonoti,
hukumatlar oʻrtasida Oʻzbekistonga metrologiya sohasida texnik koʻmak koʻrsatish
toʻgʻrisidagi bitim, mamlakatlarning tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun sanoat
kooperatsiyasini kengaytirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasi, hamkorlikning
ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga doir qoʻshma
harakatlar rejasi, 2024−2030 yillarga moʻljallangan mamlakatlar oʻrtasidagi tovar
ayirboshlashni oshirish boʻyicha ishchi guruh faoliyatining asosiy yoʻnalishlari rejasi
shular jumlasidandir.
Bundan
tashqari, tez orada Rossiya Federatsiyasida respublikaning toʻlaqonli savdo
vakolatxonasi paydo boʻladi. Umumiy loyihalarni ilgari surish uchun qoʻshma
investitsiya platformasi ham ishga tushiriladi. Ikki davlat rahbarlari oʻzaro
hisob-kitoblarda milliy valyutalarga oʻtish siyosatini tasdiqladilar.
Rossiyalik mutaxassislar tomonidan Oʻzbekistonda kam quvvatli
atom elektr stantsiyalarini yaratish, savdo-iqtisodiy hamkorlik va turli sohalarda,
jumladan, fan, madaniyat, mexanika va aviatsiya qurilishi kabi aloqalarni
rivojlantirish asosiy kelishuvlar qatoriga kiradi.
Bundan tashqari, tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga etkazish maqsadi belgilandi. Gaz masalasiga kelsak, Putin “Markaziy Osiyo – Markaz” quvuri quvvatini oshirish rejalarini tasdiqladi, bu esa etkazib berish hajmini yiliga 11 milliard kub metrga etkazadi.