07.06.2024 08:01

Shavkat Mirziyoev «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlandi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Shavkat Mirziyoevni mamlakatning oliy davlat mukofoti — «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirladi.

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoev «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlandi. Oliy davlat mukofoti 6 iyunʻ kuni Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan tomonidan topshirildi.

«Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiyaning bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir», — dedi davlat rahbari.

 «Ushbu mukofot xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama koʻp qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir», — dedi u.

Maʻʻlumot uchun, mazkur nishon Turkiya bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan davlat amaldorlariga beriladi.

Shavkat Mirziyoev 2022 yilning noyabrida Samarqandda Rajab Toyyib Erdogʻanni «Oliy darajadagi Imom Buxoriy ordeni» bilan taqdirlagandi. Ushbu orden bilan ilm-fan va maʻʻrifatni rivojlantirish, Islom olami mutafakkirlari merosini oʻrganish va keng targʻib etishdagi xizmatlari uchun ulamolar, tadqiqotchilar, yozuvchilar, shuningdek, davlat va hukumat rahbarlari mukofotlanadi.

Mavzuga aloqador