musulmonlar
Nega ayrim oʻzbek nashrlari musulmonlar xato qilishini poylab oʻtiradi?
Oʻzbekistonda yoki dunyoning qaysidir bir qismida musulmonlar biror xato ish qilsa, ayrim oʻzbek nashrlari tanga topgan telbadek oldi-orqasini surishtirmasdan jar solishga tushishadi. Goʻyoki "ana, musulmonlar shunday, bularga qoʻyib bersangiz, Oʻzbekistonni ham shu koʻyga solishadi", degan maʻʻnoda xabarning asl manbalari, tafsilotlarini oʻrganmay turib xabar tarqatishga kirishishadi. Bu nafaqat jurnalistik etikaga zid, balki yolgʻon tarqatish, jamiyatda qarama-qarshilik, boʻlinish, tarafkashlikni ham keltirib chiqaradi. Yolgʻondan suv ichayotgan bu nashrlar yoxud bizni qanday qilib aldashyapti?
Davomini o'qish...44930.01.2025 16:00Shri-Lanka hukumati musulmonlardan uzr soʻradi
Shri-Lanka hukumati pandemiya davrida JSST islomiy dafn etish xavfsiz ekani haqidagi koʻrsatmalariga qaramasdan, COVID-19 qurbonlari majburiy kuydirilgani uchun musulmon ozchilikdan rasman kechirim soʻradi. Mamlakat musulmonlari kengashi ushbu qaror ortida turgan ikki akademik – Mettika Vithanage va Channa Jayasumanaga qarshi qonuniy choralar koʻrish va tovon pulini undirish choralari koʻrilishini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...105927.07.2024 08:59Moskva muftiyligi: masjidlarda mahalliy aholining ulushi ortib bormoqda
Moskva muftiyligi: masjidlarda mahalliy aholining ulushi ortib bormoqda
Davomini o'qish...121022.06.2024 14:10Reuters: Parijda musulmon ota-onalar farzandlarini 200 km uzoqlikdagi maktabga berishga majbur
Parijdagi musulmonlar farzandlarini uyidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan musulmon xususiy maktabida oʻqitishga majbur boʻlmoqda. Bunga Frantsiya hukumatining 2017 yildan beri kamida 5 ta musulmon maktabini yopgani va bunday maktablarga moliyaviy yordamni toʻxtatgani kabi omillar sabab boʻlmoqda.
Davomini o'qish...125604.06.2024 10:13Hindistonning eng koʻp aholiga ega shtati sudi madrasalarni taqiqladi
Hindistonning eng koʻp aholiga ega Uttar-Pradesh shtati sudi islomiy maktablarni amalda taqiqladi. Ushba qaror shtatdagi 25 ming madrasada tahsil olayotgan 2,7 million nafar oʻquvchi-talabalar hamda oʻn minglab oʻqituvchilarga taalluqli. Hindiston musulmonlari sud qaroriga qarshi norozilik bildirmoqda.
Davomini o'qish...170404.04.2024 08:31Britaniyada turmush darajasi tushib ketgani maʻʻlum qilindi
Muslim Aid xalqaro musulmonlar xayriya jamgʻarmasi direktori Xalid Javid Britaniyada qashshoqlik misli koʻrilmagan surʻʻatda oʻsayotgani, uning tashkiloti masjidlarda tarqatayotgan oziq-ovqat yordamini olishga musulmon boʻlmaganlar ham kelayotganini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...162123.03.2024 10:24"Musulmonlar evropaliklarning jinoyatlari uchun badal toʻlashmoqda" - Abbat Pʻer
Soʻnggi kunlarda frantsuz ijtimoiy tarmoqlarida taniqli frantsuz siyosatchisi, katolik ruhoniysi va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abbat Pʻerning 1993 yilda bergan intervʻyusidan parcha tarqaldi. Unda diniy, ijtimoiy va siyosiy arbob evropaliklarning yahudiylarga qarshi jinoyatlari uchun musulmonlarni badal toʻlayotgani aytiladi.
Davomini o'qish...145122.03.2024 11:31Istanbuldagi sobiq Otaturk aeroporti oʻrnida dunyodagi eng katta texnopark ochiladi
Istanbuldagi sobiq Otaturk aeroporti terminali hududida dunyodagi eng katta texnopark ochiladi. 2000 dan ortiq texnologiya tadbirkorlari qoʻl ostida 25 mingdan ziyod kishi ishlaydi.
Davomini o'qish...198518.03.2024 12:19Musulmon tashkilotlari Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan bayonot berdi
Musulmon tashkilotlari
Davomini o'qish...164816.03.2024 10:06BMT: Suriyada 16,7 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj
Suriyada fuqarolik urushi boshlanganiga 13 yil toʻldi. Bu muddat davomida 306 mingdan ziyod suriyalik halok boʻldi, 5 mln dan ortiq kishi qoʻshni davlatlardan boshpana topdi, 7 mln kishi esa ichki qochqinga aylandi. Ayni paytda 16,7 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj.
Davomini o'qish...176316.03.2024 09:12