04.04.2024 08:31

Hindistonning eng koʻp aholiga ega shtati sudi madrasalarni taqiqladi

Hindistonning eng koʻp aholiga ega Uttar-Pradesh shtati sudi islomiy maktablarni amalda taqiqladi. Ushba qaror shtatdagi 25 ming madrasada tahsil olayotgan 2,7 million nafar oʻquvchi-talabalar hamda oʻn minglab oʻqituvchilarga taalluqli. Hindiston musulmonlari sud qaroriga qarshi norozilik bildirmoqda.

Hindistonning eng koʻp aholiga ega Uttar-Pradesh shtati sudi islomiy maktablarni amalda taqiqladi.

Sud qarori Uttar-Pradeshdagi madrasalar maqomini tartibga soluvchi 2004 yilda qabul qilingan qonunni Hindistonning konstitutsiyaviy dunyoviyligini buzgani sababli bekor qildi. Sud, shuningdek, shtatdagi islomiy maktablarning barcha oʻquvchilarini oddiy umumtaʻʻlim maktablariga oʻtkazishni talab qildi, deb yozadi Yahoo!News.

Allohobod Oliy sudining qarori 25 ming madrasadagi 2,7 million talaba va oʻn minglab oʻqituvchilarga taalluqlidir, dedi Uttar-Pradesh madrasasi boshqaruvi raisi Iftixor Ahmad Javed.

Aytish joizki, Uttar-Pradesh shtatida istiqomat qiluvchi 240 million aholining beshdan bir qismi musulmonlardir.

"Hokimiyat 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning rasman tan olingan muassasalarga kirishdan chetda qolmasligini taʻʻminlashi kerak", deb yozgan sudʻyalar Subhash Vidyarthi va Vivek Chaudxari oʻz qarorida.

Mavzuga aloqador