Istanbuldagi sobiq Otaturk aeroporti oʻrnida dunyodagi eng katta texnopark ochiladi
Istanbuldagi sobiq Otaturk aeroporti terminali hududida dunyodagi eng katta texnopark ochiladi. 2000 dan ortiq texnologiya tadbirkorlari qoʻl ostida 25 mingdan ziyod kishi ishlaydi.
Turkiyaning
Istanbul shahrida joylashgan sobiq Otaturk aeroporti terminali hududida dunyodagi
eng katta texnopark ochilishi kutilmoqda. 138,6 ming kv m maydonda joylashgan texnologiya
parki 25 ming kishini ish bilan taʻʻminlab, 2000 texnologiya tadbirkorlariga xizmat
koʻrsatadi.
Shu bilan birga, Istanbulning 39 tumanida yaratiladigan yangi
umumiy ofislar inkubatsiya markazlariga aylanadi. “Terminal Istanbul” esa
ularning asosiy boshqaruv markaziga aylanadi. Bu erda IT-sanoat ofisi ham
joylashadi.
Texnoparkda innovatsion loyihalarni tezkorlik bilan amalga
oshirishga yordam beradigan zamonaviy ofis xonalari, inkubatsiya markazlari,
akseleratsiya dasturlari, kovorking maydonlari va tadqiqot laboratoriyalari
boʻladi.
Bu erda texnologiya ustaxonalari, tadqiqot markazlari,
dasturiy taʻʻminot maktablari va bolalar universiteti ham ochiladi. Oʻta iqtidorli oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari
2700 kv m maydondagi Deneyap texnologik ustaxonada saboq olishadi.
3200 kv m maydonni
egallagan dasturiy taʻʻminot maktablarida esa 18 yoshdan oshgan yoshlar yangi avlod dasturiy taʻʻminoti bilan
ishlash boʻyicha bepul oʻqitiladi.
Bolalar universiteti uchun 2700 kv m maydon ajratilgan boʻlib, unda maxsus taʻʻlim muhiti yaratiladi va 10-13 yoshli ming
nafar bola fan va texnika sohasida amaliy nazariy bilim olishi mumkin boʻladi.
Texnopark Istanbulning yangi diqqatga sazovor joylaridan biriga, ijtimoiy
integratsiya va IT-sanoat
zonasiga aylanadi.
Shuningdek, texnoparkning bilim va fikr almashish uchun muhim maydon boʻlishi
kutilmoqda. Unda olimlar, muhandislar, tadbirkorlar va talabalar oʻrtasidagi
hamkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalar uchun qulay muhit yaratiladi.
Innovatsion
loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun sunʻʻiy
intellekt, maʻʻlumotlar markazlari va bulutli texnologiyalar kabi ilgʻor
texnologiyalardan faol foydalaniladi.