22.03.2024 11:31

"Musulmonlar evropaliklarning jinoyatlari uchun badal toʻlashmoqda" - Abbat Pʻer

 

Soʻnggi kunlarda frantsuz ijtimoiy tarmoqlarida taniqli frantsuz siyosatchisi, katolik ruhoniysi va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abbat Pʻerning 1993 yilda bergan intervʻyusidan parcha tarqaldi. Unda diniy, ijtimoiy va siyosiy arbob evropaliklarning yahudiylarga qarshi jinoyatlari uchun musulmonlarni badal toʻlayotgani aytiladi.

Frantsiyalik ruhoniy va Ikkinchi jahon urushi qahramonining soʻzlari Isroilning Gʻazo sektoridagi tajovuzkorligi va blokada anklavida yaratilgan sunʻʻiy ocharchilik fonida yana dolzarb boʻlib qoldi.

“Hammasi [Ikkinchi Jahon urushi va Xolokost] tugagach, biz uyaldik va musulmonlarni hech narsa qilmaganlari uchun badal toʻlashga majburladik. Hech bir musulmon xolokostda qatnashmagan yoki buning uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan. Biz esa falastinliklarni aldadik”, - deydi Abbat Pʻer tarqatilayotgan intervʻyuda.

Anri Antuan Grue “Abbat Pʻer” laqabini Ikkinchi Jahon urushi davrida Frantsiya qarshilik harakatida, jumladan, yahudiy qochqinlarga natsistlar qoʻlidan qochishda yordam berishda qatnashganida olgan.

Falastin daʻʻvosining kuchli tarafdori boʻlgan Abbat Isroil ishgʻoli hamda xolokost tarixi va evropalik yahudiylarning azob-uqubatlaridan Falastindagi odamlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishni oqlashda foydalanishni tanqid ostiga olgan, biroq ayni paytda xolokostning oʻzini inkor etmagan. Abbat Pʻer haqida 3 ta filʻm suratga olingan, eng oxirgisi - 2023 yildagi biografik filʻmdir.

Mavzuga aloqador