16.03.2024 10:06

Musulmon tashkilotlari Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan bayonot berdi

BMT tomonidan eʻʻlon qilingan 15 mart - Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan AQShdagi eng yirik inson huquqlari boʻyicha musulmon tashkiloti - Amerika-Islom Aloqalari Kengashi (CAIR) musulmon tashkilotlarining xalqaro koalitsiyasi bilan birgalikda jahon hamjamiyatini Isroil, Hindiston, Xitoy va Frantsiya hukumatlari tomonidan sodir etilayotgan islomofobik tartibsizliklarga eʻʻtibor qaratishga chaqirdi.

Qoʻshma deklaratsiya Avstraliya, Belʻgiya, Frantsiya, Niderlandiya, Britaniya va AQSh kabi 30 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yurituvchi musulmon tashkilotlari tomonidan imzolandi, deb yozadi Islam News.

Kecha eʻʻlon qilingan qoʻshma bayonotda CAIR va musulmon jamoalari guruhlari:

Isroilning oʻnlab yillik istilosi va aparteid bashorat qilinadigan natijaga: Gʻazoda genotsidga olib keldi. Baʻʻzi davlatlar, masalan, Janubiy Afrika, xalqaro gumanitar qadriyatlar haqida [hech boʻlmaganda ogʻizda] gapirdi. AQSh va Britaniya kabi boshqa davlatlar Gʻazo vayronalarga aylangani va falastinlik tinch aholining oziq-ovqat, dori-darmon soʻragani yoki oʻlgan bolalari uchun yigʻlayotgani tasvirlangan kundalik videolarni eʻʻtiborsiz qoldirib, Isroilga harbiy va siyosiy yordam koʻrsatmoqda", - deya bayonot berdi.

"Hindistonning oʻta oʻng qanot hukumati esa ushbu mamlakatdagi diniy va irqiy ozchiliklarga, ayniqsa musulmonlarga zulmni davom ettirmoqda. Joriy yilning boshida bosh vazir Modi 1992 yilda millatchilar tomonidan vayron qilingan sobiq Bobir masjidi oʻrnida hindu ibodatxonasini ochib, mamlakatida dindan oʻz manfaati uchun foydalanishda davom etdi”.

Xitoy hukumati masjidlar va musulmon qabristonlarini yoʻq qilish hamda musulmonlar koʻp boʻlgan Shinjon viloyatidagi etnik va diniy ozchiliklarga nisbatan “xitoylashtirish” hamda majburiy mehnat siyosatini joriy etish orqali mamlakatda islomni oʻchirib tashlash saʻʻy-harakatlarini kuchaytirdi”.

Frantsiya islomiy oʻziga xoslik bilan bogʻliq liboslarni jamoat joylaridan oʻchirishga urinishlarini davom ettirdi. Hukumat yaqinda musulmon talabalarga koʻplab musulmon ayollar kiyadigan uzun koʻylak boʻlgan abaya kiyishni taqiqladi”.

Tashkilotlar oʻz bayonotida mamlakatlarni "BMTning Islomofobiyaga qarshi xalqaro kunini tan olishga" hamda va yuqorida tilga olingan davlatlarni musulmonlarga qarshi siyosatdan voz kechishga chaqirdi.

Mavzuga aloqador