23.03.2024 10:24

Britaniyada turmush darajasi tushib ketgani maʻʻlum qilindi

Muslim Aid xalqaro musulmonlar xayriya jamgʻarmasi direktori Xalid Javid Britaniyada qashshoqlik misli koʻrilmagan surʻʻatda oʻsayotgani, uning tashkiloti masjidlarda tarqatayotgan oziq-ovqat yordamini olishga musulmon boʻlmaganlar ham kelayotganini maʻʻlum qildi.

Muslim Aid xalqaro musulmonlar xayriya jamgʻarmasi direktori Xalid Javid Britaniyada qashshoqlik misli koʻrilmagan surʻʻatda oʻsayotganidan xavotirda, deb yozdi BBC. Uning tashkiloti muhtojlarga bepul oziq-ovqat tarqatishga ixtisoslashgan.

Javidning soʻzlariga koʻra, 2024 yilning dastlabki uch oyida jamgʻarma 60 mingdan ortiq ovqat va oziq-ovqat posilkalarini tarqatgan. Garchi Muslim Aid yordamlarni masjidlar orqali tarqatsa-da, ularni olishga faqat musulmonlar kelmaydi.

“Oziq-ovqat jamlanmalari barcha dindorlar va dinsizlar uchun moʻljallangan”, - deydi Xalid Javid. Uning fikricha, turmush darajasining rekord darajada pasayishiga inflyatsiyaning oʻsishi va pandemiya oqibatlari sabab boʻlgan.

Aholi daromadi boʻyicha eng noqulay hudud London sharqidagi Tauer Hamlets hisoblanadi. Bu erda kambagʻallik chegarasidan pastda yashaydigan bolalar soni 47,5 foizdan oshadi, mamlakatda esa oʻrtacha 33 foizni tashkil etadi.

YuNISEF maʻʻlumotlariga koʻra, dunyoning eng boy 40 mamlakati orasida bolalar uchun eng yomon sharoitlar Frantsiya va Britaniyada kuzatilmoqda.

“Koʻplab odamlar oʻzlariga kerakli yordamni ololmaydilar, shuning uchun ular bu erga kelishadi. Ularning koʻpchiligi hukumatdan koʻra xayriyachilardan koʻproq yordam olishlarini aytishadi”, — deya xulosa qiladi Javid.

Mavzuga aloqador