mehnat muhojirlari
Qurilish maydonlariga ishchi yollash uchun Oʻzbekistonga kelgan Isroil delegatsiyasi quruq qaytdi
Isroilning qurilish sohasiga ishchi yollash uchun Oʻzbekistonga borgan delegatsiyasi turli byurokratik toʻsiqlarga uchrab, quruq qoʻl bilan qaytgani aytilmoqda. Isroil Hindiston va Shri-Lankada ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Davomini o'qish...25.01.2024 09:28Rossiyada mehnat muhojirlarini ishga yollashni nazorat qiluvchi tashkilot tuziladi
Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi chet ellik ishchilarni maqsadli, tashkiliy yollash uchun jamoat yuridik kompaniyasini yaratishni hamda uning mexanizmini rossiyalik ish beruvchilar foydasiga takomillashtirishni taklif qilmoqda.
Davomini o'qish...28.03.2024 08:52Oʻzbekistonda chet elga ishga ketuvchilar uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻladi
Chet eldagi fuqarolar uchun elchixonalarda 24 soatlik “koll-markazlar”, ishchi viza, yoʻl chiptasi, xorijiy til va kasb boʻyicha malakani baholatish xarajatlari qisman qoplash, xorijiy migratsiyadan qaytgan fuqarolar uchun moliyaviy yordam va boshqa takliflar – Oʻzbekiston prezidentiga mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi.
Davomini o'qish...03.04.2024 11:16Qrimda muhojirlarga bir qator sohalarda ishlash taqiqlandi
Qrimda bir qator sohalarda chet el fuqarolarini ishga olishni taqiqlashga qaror qildi. Ular orasida transport, ishlab chiqarish, IT, sport va dam olish sohalari mavjud. Avvalroq Novosibirsk, Samara va Yoqutistonda ham bir qator sohalar mehnat muhojirlari uchun “yopilgan” edi.
Davomini o'qish...16.04.2024 07:19Moskvada Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi
Moskvadagi qurilish maydonida qurilish materiallarining notoʻgʻri taqsimoti sababli Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi. Natijada 10 nafar oʻzbekistonlik va 13 nafar tojikistonlik mehnat muhojirlari qoʻlga olindi. Hodisada hech kim jabrlanmagan.
Davomini o'qish...16.04.2024 09:24Soʻrov: Rossiyaliklar muhojirlarni yoqtirmaydi
Oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrov natijalariga koʻra, “Krokus Siti Xoll”dagi fojiadan soʻng rossiyaliklarning 55-60 foizi mehnat muhojirlariga nisbatan “aniq salbiy” fikrga kelgan. Sakkiz oy muqaddat bu koʻrsatkich 40 foizni tashkil etgandi.
Davomini o'qish...23.04.2024 09:24Putin xodimlar tanqisligini mehnat muhojirlari hisobidan qoplashni taqiqladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin yillarda mamlakatda xodimlar va malaka etishmasligi muammosi kuzatilishini maʻʻlum qildi. U mehnat bozorida yaqinlashib kelayotgan xodimlar tanqisligini past malakali muhojirlar hisobidan qoplashni taqiqladi. "Bizga boshqa yondashuvlar kerak", - dedi Rossiya prezidenti.
Davomini o'qish...26.04.2024 07:33Rossiya "migratsiya argʻimchogʻi": Afrikadan olib kelamiz, Markaziy osiyoliklarni «siyraklatamiz»
Soʻnggi paytlarda Rossiya kompaniyalari MDHdan tashqari mamlakatlardan ishchilarni qidirish boʻyicha faolligini sezilarli darajada oshirdi. Deyarli barchani hayratda qoldirgan narsa – mehnat zaxiralarining hatto Afrikadan ham jalb qilingani! Bundan tashqari, ushbu jarayon bir necha yil oldin boshlangan va faqat jadal rivojlanmoqda.
Davomini o'qish...06.08.2024 11:44Rossiya: Muhojirlarga qarshi populizm migrantlarga foyda, isteʻʻmolchilarga zarar keltirmoqda
Mehnat muhojirlarining Rossiyani ommaviy tark etishi fonida ish beruvchilar migrantlarning oylik maoshlarini oshirishga majbur boʻlmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, tovar va xizmatlar tannarxining oshishi hamda sifatining tushishiga sabab boʻlmoqda - “Moskovskiy komsomolets” tadqiqoti.
Davomini o'qish...17.08.2024 16:36Muhojirlarga oilalarini Rossiyaga koʻchirib kelishni taqiqlash taklif qilindi
LDPR deputatlari mehnat muhojirlariga oilalarini Rossiyaga koʻchirib kelishini taqiqlashni koʻzda tutgan qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Davlat Dumasi vakilining fikricha, bu ishchi kuchi etishmasligi bilan bogʻliq vaziyatning yanada yomonlashuviga olib keladi.
Davomini o'qish...20.08.2024 11:30