29.08.2024 12:24

Rossiyada 630 ming noqonuniy muhojir yashayotgani maʻʻlum qilindi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatda 630 mingga yaqin noqonuniy muhojir istiqomat qilishini maʻʻlum qildi. Ularning mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishlari uchun 2025 yilda nazorat qilinadigan shaxslarning maxsus reestri joriy etiladi. Qayd etilishicha, 2023 yilda RFda qonuniy ravishda boʻlgan mehnat muhojirlari soni 3,5 million kishidan oshmagan. Ularning aksariyati Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolaridir.

Hozirda Rossiyada noqonuniy muhojirlar soni 630 mingga etdi. Tegishli raqamlar RF bosh vaziri oʻrinbosari Tatʻyana Golikova raisligidagi migratsiya siyosati boʻyicha hukumat komissiyasi yigʻilishida maʻʻlum qilindi, deb yozadi «Kommersant» manbalariga tayanib.

Nashrning qayd etishicha, yigʻilishda, xususan, migratsiya hujjatlari bekor qilingan yoki muddati oʻtgan migrantlar, shuningdek, maʻʻmuriy huquqbuzarlik sodir etgan va mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak boʻlgan muhojirlar toʻgʻrisidagi maʻʻlumotlarni oʻz ichiga olgan nazorat qilinadigan shaxslarning maxsus reestrini yaratish masalasi muhokama qilingan.

Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoyning soʻzlariga koʻra, ayni paytda Rossiya Federatsiyasida boʻlish rejimini buzgan, ikki va undan ortiq maʻʻmuriy huquqbuzarlik yoki noqonuniy mehnat faoliyati olib borayotgan 630 mingga yaqin noqonuniy migrantlar bor, deb yozadi «Kommersant».

Gorovoyning taʻʻkidlashicha, barcha noqonuniy muhojirlar taklif qilinayotgan reestrga birdaniga kiritiladigan boʻlsa, "hech qanday IT infratuzilmasi bunga dosh berolmaydi", shuning uchun birinchi navbatda nisbatan kichik huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan noqonuniy migrantlarga amnistiya qoʻllashni taklif qildi.

Federal xavfsizlik xizmati kontrrazvedka xizmati rahbari Vladislav Menshchikov FSB Ichki ishlar vazirligi rahbari oʻrinbosarining bu taklifini qoʻllab-quvvatlashi mumkinligini bildirdi, deb yozadi «Kommersant».

Qayd etilishicha, 2023 yilda Rossiya Federatsiyasida qonuniy ravishda boʻlgan mehnat muhojirlari soni 3,5 million kishidan oshmagan. Ularning aksariyati Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolaridir.

Noqonuniy muhojirlarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketishini ragʻbatlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan nazorat qilinadigan shaxslar reestrini 2025 yilda joriy etish rejalashtirilgan.

Rossiya Federatsiyasida muhojirlarning boʻlish tartibini qatʻʻiylashtiruvchi va bunday reestrni yaratishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi joriy yilning iyunʻ oyi oxirida Davlat Dumasi tomonidan qabul qilingan edi. Prezident ushbu hujjatni 8 avgust kuni imzoladi va u 5 fevraldan kuchga kirishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyida “Krokus Siti Xoll” majmuasida 145 kishining hayotiga zomin boʻlgan qoʻporuvchilik harakatidan soʻng Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytirish masalasi rasmiylar tomonidan faol muhokama qilinmoqda. Mazkur teraktda Tojikiston fuqarolari gumonlanuvchiga aylandi. 

Mavzuga aloqador