20.08.2024 11:30

Muhojirlarga oilalarini Rossiyaga koʻchirib kelishni taqiqlash taklif qilindi



LDPR deputatlari mehnat muhojirlariga oilalarini Rossiyaga koʻchirib kelishini taqiqlashni koʻzda tutgan qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Davlat Dumasi vakilining fikricha, bu ishchi kuchi etishmasligi bilan bogʻliq vaziyatning yanada yomonlashuviga olib keladi.


Muhojirlarning oilalari bilan Rossiyaga koʻchib oʻtishini taqiqlash ishchi kuchi etishmasligi bilan bogʻliq vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Bu haqda Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari boʻyicha qoʻmitasi aʻʻzosi Svetlana Bessarab maʻʻlum qildi. 

Bir guruh LDPR deputatlari Davlat Dumasiga chet elliklarning mamlakatda ishlayotgan shaxs bilan qarindoshligi asosida Rossiyaga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini kiritishni rejalashtirmoqda.  

“Agar mehnat muhojiri yashash uchun ruxsatnoma olish niyatida kelsa, qonunga boʻysunsa va oʻz ishini yaxshi bajarsa, hatto past malakali lavozimda ham, nega oilasini olib kelib, shu erda ishlashda davom etishiga ruxsat bermasligimiz kerak? ” – dedi parlamentariy Lenta.ru saytiga bergan intervʻyusida. 

Bessarab, shuningdek, Rossiyaga nafaqat yuqori malakali kadrlar, balki mahalliy aholi koʻpincha ishlashni istamaydigan past malakali ishchilar ham zarurligini eslatdi. Shuning uchun, uning fikricha, bunday taqiqlar faqat zarar keltirishi mumkin. 

Avvalroq Rossiyada muhojirlarga qarshi kampaniya tovarlar va xizmatlar narxining sezilarli darajada oshishi hamda sifatining pasayishiga olib kelayotgani haqida xabar qilingan edi.

Mavzuga aloqador