03.04.2024 11:16

Oʻzbekistonda chet elga ishga ketuvchilar uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻladi

Chet eldagi fuqarolar uchun elchixonalarda 24 soatlik “koll-markazlar”, ishchi viza, yoʻl chiptasi, xorijiy til va kasb boʻyicha malakani baholatish xarajatlari qisman qoplash, xorijiy migratsiyadan qaytgan fuqarolar uchun moliyaviy yordam va boshqa takliflar – Oʻzbekiston prezidentiga mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi.

Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi davlat muassasasi shaklida boshqaruv organiga aylanadi.

Agentlik direktori bir vaqtning oʻzida bandlik vaziri oʻrinbosari boʻladi. U mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini ham boshqaradi.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Polʻsha, Vengriya, Yaponiyadagi elchixona va konsulliklarda mehnat migratsiyasi boʻyicha attashe, Saudiya Arabistonida agentlik vakili lavozimi joriy qilinadi.

Xorijdagi fuqarolar masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar va tegishli vazirliklarda 24 soat ishlaydigan “koll-markazlar” tashkil etiladi.

“Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqaroni aniqlab, “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi.

Kasbiy malakasi yoʻq va tilni bilmaydigan fuqarolarni kasbga oʻqitish va proftaʻʻlim muassasalarida maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida fuqarolarni xorijiy tillarga oʻrgatish va ishlashga maqsadli tayyorlash markazi ochiladi.

Migrantlarning ishchi viza, yoʻl chiptasi, xorijiy til va kasb boʻyicha malakani baholatish xarajatlari qisman qoplanadi.

Chet tili boʻyicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga til oʻrganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.

Sayxunobod tajribasi asosida xorijiy migratsiyadan qaytgan fuqarolarga tomorqada mahsulot etishtirib, daromad olishi uchun moliyaviy koʻmak beriladi hamda boshqa turdagi bandlik xizmatlari koʻrsatiladi.

Tibbiy muassasalar migratsiyadan qaytgan shaxslar va ularning oila aʻʻzolarini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.

“Inson” markazlari tomonidan ota-onasi xorijda mehnat qilayotgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.

Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan oyiga 500 ming soʻm subsidiya beriladi. Ushbu tadbirlarga bu yil uchun barcha manbadan 100 milliard soʻm ajratiladi.

Mavzuga aloqador