Isroil-Livan quladi

  • Isroil-Hizbulloh ziddiyati urushgacha boradimi?

    Isroil-HAMAS mojarosi tufayli bugun falastinliklarning shafqatsizlarcha qirilayotgani, yosh goʻdaklar, keksalar va ayollarning genotsidga uchrayotgani Yaqin Sharqdagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Hatto ziddiyatga Livanning katta nufuzga ega boʻlgan “Hizbulloh” harakatining aralashib qolish ehtimolini yuzaga keltirdi. Toʻgʻri, hozircha Isroil va “Hizbulloh” oʻzaro jangi chegaradosh hududlarni oʻqqa tutish bilan chegaralangan. Ammo ziddiyat 2006 yil iyulidagi 34 kunlik, Isroilning magʻlubiyatiga olib kelgan urush kabi keng qamrovli harbiy harakatlarga olib kelmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Azon Global sisiy tahlilchi Abduvali Soyibnazarovning bu boradagi mulohazalarini eʻʻtiboringizga havola etamiz.

    Davomini o'qish...
    31.01.2024 10:47
  • Isroil va Livan urush yoqasidami?

    Isroil hukumati Livan bilan frontda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan keskinlashuvga tayyorgarlik koʻrish uchun qoʻshimcha 50 ming zaxiradagi harbiy xizmatchilar chaqiruvini maʻʻqulladi. Faol zaxiradagi askarlarning umumiy soni shimolda Livan bilan ehtimoliy janglarga tayyorgarlik koʻrish uchun 300 ming nafardan 350 minggacha koʻtarildi. Livan bilan chegarada Isroil harbiy kuchlari soni ortib bormoqda.

    Davomini o'qish...
    06.06.2024 08:34
  • Quvayt oʻz fuqarolarini Livandan koʻchirishni boshladi

    Isroilning Livanda keng koʻlamli urushni boshlashga tayyorligi haqidagi bayonotlari fonida Quvayt TIV rahbari amirlik fuqarolarini "Isroil va Hizbulloh oʻrtasida qurolli mojaro boshlanishi xavfi tufayli mamlakatni tezroq tark etish"ga chaqirdi. Quvaytliklarni koʻchirish uchun birinchi bort Bayrutga etib keldi. Buning uchun bir nechta samolyotlar safarbar qilingan.

    Davomini o'qish...
    24.06.2024 09:00
  • 10 kun ichida Isroilning Livanga uyushtirgan hujumlari natijasida 540 ga yaqin kishi halok boʻldi

    Isroil 15 iyuldan buyon Livan janubiga 5736 marotaba hujum uyushtirib, 540 ga yaqin kishining oʻlimiga sababchi boʻldi. 1850 kishi jarohatlangan. Shuningdek, 1800 gektardan ziyod maydon yongan, 28 mingga yaqin oila xavfsiz hududlarga koʻchirilgan. Isroil tomonida ham yoʻqotishlar mavjud. Xususan, mamlakat shimolidagi 43 ta aholi punkti evakuatsiya qilingan, 1500 dan ortiq bino, transport vositalari va infratuzilmaga zarar etgan.

    Davomini o'qish...
    25.07.2024 15:30
  • Hizbulloh xavfsizlikda jiddiy xatoga yoʻl qoʻydi: peyjerlarni Mossaddan sotib oldi

    Livanda 34 kishining oʻlimiga va 3500 ga yaqin kishining jarohatlanishiga sabab boʻlgan peyjerlar va ratsiyalarning portlashi Hizbulloh saflarida katta xavfsizlik muammolari mavjudligini ochib berdi. Harakat ichiga portlovchi modda va mayda metall sharchalar joylashtirilgan qurilmalarni bilvosita MOSSADga tegishli kompaniyadan sotib olgan.

    Davomini o'qish...
    20.09.2024 14:39
  • Isroilning Livanga hujumi: 748 kishi halok boʻldi

    Isroil armiyasi oxirgi 24 soat ichida Livanning turli hududlariga havo hujumlarini uyushtirishda davom etmoqda, natijada 94 kishi halok boʻldi, 168 kishi tan jarohati oldi. Livan SSV hujumlar natijasida jami 748 kishi halok boʻlganini maʻʻlum qildi.

    Davomini o'qish...
    27.09.2024 09:30
  • Uchinchi Qana qirgʻini: Isroil nega haddidan oshyapti?

    Livan janubidagi Qana qishlogʻi uchinchi bor Isroil armiyasi tomonidan qirgʻin qilindi. 1996 va 2006 yillarda boʻlgani kabi, Gʻarb matbuot ushbu qishloqda oʻnlab tinch aholi vakillari halok boʻlganini sovuqqonlik bilan qabul qilmoqda. “Bu esa irqchi Gʻarb mediasi uchun sionistlarning hayoti qimmatliligi, arablar esa faqat oʻlim koʻrsatkichlari yangi rekordlarni oʻrnatgandagina yoritilishi kerak boʻlgan gʻayriinsoniy mavjudotlar sifatida koʻrilishini anglatadi”, - deb yozadi jurnalist va yozuvchi Robert Inlakesh.

    Davomini o'qish...
    22.10.2024 16:30
  • Livan janubida Isroilning 25 ta askari yaralandi, bir qancha qurbonlar bor

    Livan janubida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda kamida 25 ta isroillik askar yaralandi. Shuningdek, bir qancha qurbonlar bor, jumladan, “Hizbulloh” bilan toʻqnashuv natijasida Isroil armiyasining zaxiradagi mayori, 228-“Alon” brigadasining 9308-batalʻoni qoʻmondoni oʻrinbosari Aviram Xarib hamda 7338-“Adirim” artilleriya polkidan 27 yoshli Saʻʻar Eliad Navarski oʻlgan.

    Davomini o'qish...
    23.10.2024 11:32
  • Livan poytaxtidagi maktab va oliygohlar yopildi

    Isroilning Beyrutga tungi zarbalaridan soʻng Taʻʻlim vazirligi Livan poytaxtidagi barcha maktab va oliygohlarni yopishga qaror qildi. Isroil tajovuzi sababli shusiz ham minglab oʻquvchi-talabalar qochqinlarga aylangan, maktablardan esa boshpana sifatida foydalanish boshlangan edi.

    Davomini o'qish...
    19.11.2024 08:25
1
2