26.11.2024 07:19
Isroil "Hizbulloh" bilan otashkesim toʻgʻrisidagi bitimni dastlabki tarzda maʻʻqulladi — OAV
Isroil "Hizbulloh" bilan Livanda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitimni dastlabki tarzda maʻʻqulladi. 60 kunlik sulhga koʻra, Isroil harbiylari Livan janubini tark etadi, "Hizbulloh" esa ogʻir qurollarini Litani daryosi shimoliga oʻtkazadi.
Isroil "Hizbulloh" harakati bilan Livanda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitimni dastlabki tarzda maʻʻqulladi, deya xabar bermoqda CNN.
Maʻʻlum qilinishicha, Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu «umuman olganda» kelishuvni qoʻllab-quvvatlagan. Shu bilan birga, Isroil hali kelishuv boʻyicha baʻʻzi tafsilotlar yuzasidan talablarini 25 noyabrʻ kuni Livan vakillariga etkazilishi kutilmoqda.
Shartnoma Isroil Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham tasdiqlanishi kerak.
Ynet nashri maʻʻlumotlariga koʻra, Isroilning oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvni muhokama qilishi kuni kecha Isroilga 255 dan ortiq snaryad tashlagan «Hizbulloh» tomonidan raketa hujumlarining kuchayishiga toʻgʻri keldi. Nashr maʻʻlumotlariga koʻra, AQShning Yaqin Sharqdagi maxsus elchisi Amos Xoxshteyn Livanga Isroilning oʻt ochishni toʻxtatishga roziligini maʻʻlum qilgan. Shu bilan birga, u har ikki tomonga agar kelishuvga erishilmasa, AQSh muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etmasligini aytdi.
Axios maʻʻlumotlariga koʻra, kelishuv loyihasi 60 kunlik oʻtish davrini oʻz ichiga oladi, bu davrda Isroil harbiylari Livan janubini tark etishlari kerak, Livan armiyasi chegaraga yaqin hududlarda joylashtiriladi va «Hizbulloh» oʻzining ogʻir qurollarini Litani daryosining shimoliga oʻtkazadi. Shuningdek, tashabbusning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun AQSh boshchiligida qoʻmita tashkil etilishi koʻzda tutilgan.