27.01.2025 10:30
244
Livan va Isroil oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi uzaytirildi
Oq uyning xabar berishicha, Livan va Isroil oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha AQSh nazorati ostidagi kelishuv yana uch haftaga, 2025 yil 18 fevralgacha uzaytirildi.
Maʻʻlumotlarga koʻra, Livan, Isroil va AQSh rasmiylari 2023 yil 7 oktyabrdan keyin qoʻlga olingan livanlik mahbuslarni qaytarish masalasida muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
Shunga qaramay, Isroil armiyasi Livan janubidagi bosib olingan hududlardan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishni hali ham yakunlamadi. Ilgarigi kelishuvga koʻra, Isroil armiyasi 26 yanvargacha oʻz pozitsiyalarini Livan harbiylariga topshirishi lozim edi. Biroq, kechagi hujumlar davomida 22 kishi halok boʻlib, 124 kishi yaralangani qayd etildi.
Isroil armiyasi 24 yanvarʻ kuni oʻz qoʻshinlarini toʻliq olib chiqish jarayoni rejadan koʻproq vaqt talab qilinishini va ushbu jarayonni yakunlash uchun qoʻshimcha vaqt zarurligini taʻʻkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Livan va Isroil oʻrtasidagi sulh bitimi 2024 yil 27 noyabrʻ kuni kuchga kirgan edi. Kelishuvga muvofiq, Isroil armiyasi 60 kun ichida Livanni tark etishi kerak boʻlgan. Biroq, kelishuv kuchga kirganidan beri Isroil otishmalar va uylarni buzish kabi harakatlar bilan sulhni buzishda davom etmoqda.