Uchinchi Qana qirgʻini: Isroil nega haddidan oshyapti?
Livan janubidagi Qana qishlogʻi uchinchi bor Isroil armiyasi tomonidan qirgʻin qilindi. 1996 va 2006 yillarda boʻlgani kabi, Gʻarb matbuot ushbu qishloqda oʻnlab tinch aholi vakillari halok boʻlganini sovuqqonlik bilan qabul qilmoqda. “Bu esa irqchi Gʻarb mediasi uchun sionistlarning hayoti qimmatliligi, arablar esa faqat oʻlim koʻrsatkichlari yangi rekordlarni oʻrnatgandagina yoritilishi kerak boʻlgan gʻayriinsoniy mavjudotlar sifatida koʻrilishini anglatadi”, - deb yozadi jurnalist va yozuvchi Robert Inlakesh.
1996 yilda Isroil artilleriyasi 800 ga yaqin
livanliklar boshpana topgan Qana qishlogʻidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti
obʻʻektini toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga oldi. Hujum natijasida kamida 106 nafar
fuqaro, shuningdek, BMTning toʻrt nafar tinchlikparvar askari halok boʻldi va 120
ga yaqin kishi jarohatlandi
Oʻtgan hafta Isroil harbiy kuchlari Livan janubidagi
Qana qishlogʻiga qator havo hujumlarini uyushtirdi. Ekspertlar ushbu voqeani “Uchinchi
Qana qirgʻini” deb atashdi.
Kamida 10 kishi halok boʻlib, 15 kishi jarohatlanishiga
sabab boʻlgan Isroil bombardimonlari oxirgi paytda livanliklar boshidan kechirgan
eng ogʻir holat boʻlmasa-da, sionistlar tomonidan sodir etilgan qatliomning
davomi desak toʻgʻriroq boʻladi. Eng vahshiyona jinoyatlar 1982 yilda va undan keyin
sodir etilgan. Oʻshanda Isroil Livanda 20 mingga yaqin tinch aholi vakillarini
oʻldirgan edi.
Biroq butun arab dunyosining xotirasidan oʻchmaydigan
eng dahshatli jinoyat Sabra va Shatila qochqinlar lagerlarida yuz berdi.
Isroil Falastin Ozodlik tashkiloti (FOT) jangchilarini
Livandan Tunisga qochishga majbur qilganidan soʻng, mamlakat boʻylab qochqinlar
lagerlari himoyasiz qoldi va ular asosan ayollar va bolalardan iborat edi.
Ayni shu paytda, bosqinchi sionistlar nazorati ostida
ularning ittifoqchisi boʻlgan Falanga militsiyasi Sabra va Shatila lagerlariga
bostirib kirdi va 3500 ga yaqin begunoh odamni vahshiylarcha oʻldirdi.
Isroil oʻz askarlarining bu voqeani kuzatib turgani
va hatto lagerga qarata oʻt ochgani haqidagi dalillar paydo boʻlishidan oldin, bu
hodisadan xabardorligini inkor etib, qirgʻindagi ishtiroki haqidagi ayblovlarni
"ashaddiy tuhmat" va "antisemitizm" deb atadi.
Biroq livanliklar yaqin oʻtmishda sodir etilgan yana bir
qirgʻinni ham unutolmaydi – bu Qana qirgʻinlari merosidir.
1996 yilda Isroil artilleriyasi 800 ga yaqin
livanliklar boshpana topgan Qana qishlogʻidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti
obʻʻektini toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga oldi. Hujum natijasida kamida 106 nafar
fuqaro, shuningdek, BMTning toʻrt nafar tinchlikparvar askari halok boʻldi va 120
ga yaqin kishi jarohatlandi.
Bu hujum Isroil
va Janubiy Livan armiyasi (SLA) deb nomlanuvchi sionistlarning “qoʻgʻirchoq” kuchlari
hamkorligida amalga oshirilgan. Isroil BMT obʻʻektida “Hizbulloh” aʻʻzolarining
mavjudligi haqida yolgʻon maʻʻlumot tarqatgan, bu ayblov keyinchalik asossizligi
aniqlandi.
2006
yilda Isroil Ikkinchi Qana qirgʻini deb atalgan qonli qirgʻinni sodir etdi. Havo
hujumlari oqibatida kamida 31 nafar tinch aholi – ularning deyarli yarmi bolalar
edi – halok boʻldi. Oʻsha paytda ham Isroil bombardimonlaridan jabrlangan
bolalarning ayanchli tasvirlari xalqaro jamoatchilikning gʻazabini uygʻotgandi.
Oʻshanda
ham yahudiy davlati rahbarlari nishonga olingan joyda "Hizbulloh"
jangchilari boʻlganini aytib, xalqaro jamoatchilikni aldashga uringani etmaganidek,
OAV jonli efirlarida koʻrsatilgan goʻdaklarning jasadlari “Isroilni yomonotliq
qilish uchun qabristondan qazib olingan”ini taxmin qildi. Shubhasiz, bu mazlum Qana
aholisiga nisbatan ham haqorat edi.
Aytish
joizki, 2006 yilda ham “suvdan quruq chiqib”, jazolanmay qolgan Isroil ayni paytda
oldingiga nisbatan ikki baravar koʻproq begunoh livanliklarni oʻldirdi.
AQSh
boshchiligidagi Gʻarb davlatlari nashrlari Livanda oʻldirilgan butun boshli tinch
aholiga nisbatan harbiy bazaga dron zarbasi berilishi oqibatida halok boʻlgan
toʻrtta isroillik askarga koʻproq qaygʻurdi.
Ularning haqiqiy
bosqinchilar tomonida turib, motamsaro xabarlar berishi, sionist askarlarining
suratlarini namoyish etishi va ismlarini efirda oʻqib eshittirishi bunday axborot
manbalari aslida Isroil armiyasining korporativ jamoatchilik aloqalari boʻlimi vazifasini
bajarishini tasdiqlaydi.
Sky News
va Kanadaning National Post kabi nashrlari askarlarni "oʻsmirlar" deb
taʻʻriflagandi. Vaholanki ularning barchasi 19 yoshda boʻlgan va Isroilning elita
harbiy brigadasi aʻʻzolari ekanligi sababli qonun boʻyicha katta yoshli hisoblangan.
Isroil
Livandagi aholi zich yashaydigan hududlarga “Hizbulloh”ning mavjudligini isbotlamasdan
tonnalab portlovchi moddalar tashlayapti. Gʻarbning “koʻzlari” asl manzarani
koʻrmayapti, “quloqlari” haqiqatni eshitmayapti. Fashistlar tomonidan oʻldirilayotgan musulmonlar ularning
nazarida inson huquqlaridan ayro tasvirlanmoqda.
Ajablanarlisi,
ushbu qatliom boshqa bir mojaro paytida sodir boʻlganida, shubhasiz, ommaviy
axborot vositalarining bosh sarlavhasidan joy olardi.
Xullas,
Gʻarb korporativ ommaviy axborot vositalari Gʻazoda 17 mingga yaqin oʻldirilgan goʻdaklar
uchun belgilangan "Arab meʻʻyori" deb atashimiz mumkin boʻlgan holatga
muvofiq ish koʻrmoqda. "Isroil meʻʻyori" esa harbiy bazalardagi bosqinchilar
oʻlimi xususida qaygʻuli axborot berishdan iborat.
Bu esa irqchi
Gʻarb mediasi uchun sionistlarning hayoti qimmatliligi, arablar esa faqat oʻlim
koʻrsatkichlari yangi rekordlarni oʻrnatgandagina yoritilishi kerak boʻlgan
gʻayriinsoniy mavjudotlar sifatida koʻrilishini anglatadi.
Robert Inlakesh, jurnalist va yozuvchi