19.11.2024 08:25

Livan poytaxtidagi maktab va oliygohlar yopildi

Isroilning Beyrutga tungi zarbalaridan soʻng Taʻʻlim vazirligi Livan poytaxtidagi barcha maktab va oliygohlarni yopishga qaror qildi. Isroil tajovuzi sababli shusiz ham minglab oʻquvchi-talabalar qochqinlarga aylangan, maktablardan esa boshpana sifatida foydalanish boshlangan edi.
Isroilning Beyrutga tungi zarbalaridan soʻng Taʻʻlim vazirligi Livan poytaxtidagi barcha maktab va oliygohlarni yopishga qaror qildi, deb xabar bermoqda «Al-Arabiya».

AFP maʻʻlumotlariga koʻra, soʻnggi 36 soat ichida Isroil Livandagi 200 ta nishonga zarba bergan. Bombalar, jumladan, Bayrutdagi gavjum savdo maydoniga tushib, yongʻin keltirib chiqardi, alanga bir qancha doʻkonlarni qamrab olgan. Yongʻin natijasida yoqilgʻi baklari portlab ketgan. 

Isroil agressiyasi boshlanishi bilan mamlakatda maktab oʻquvchilari va talabalari uchun taʻʻlim juda murakkablashdi. Yuz minglab odamlar qochqin boʻldi, maktablar ular uchun vaqtinchalik boshpanalarga aylandi.

Isroil "Hizbulloh" Livanda urush olib borayotganini daʻʻvo qilmoqda, biroq uning zarbalari minglab tinch aholini oʻldirmoqda.

Livan rasmiylariga koʻra, Isroilning zarbalari mamlakatda 3480 kishini oʻldirgan boʻlsa, "Hizbulloh" Isroilning bor-yoʻgʻi 48 askarini oʻldirgan.

Mavzuga aloqador