Hizbulloh xavfsizlikda jiddiy xatoga yoʻl qoʻydi: peyjerlarni Mossaddan sotib oldi
34 kishining oʻlimiga va 3500 ga yaqin kishining jarohatlanishiga sabab boʻlgan peyjerlar va ratsiyalarning portlashi Hizbulloh saflarida katta xavfsizlik muammolari mavjudligini ochib berdi.
MOSSAD va Markaziy razvedka boshqarmasiga yaqin ommaviy
axborot vositalarida va hukumatparast Hizbulloh manbalarida chop etilgan materiallarga
koʻra, Isroil razvedkasi aloqa uskunalari sifatida niqoblangan portlovchi
qurilmalarni etkazib berishda ishtirok etgan. Tarkibida plastik portlovchi
moddalar boʻlgan bu qurilmalar MOSSADga tegishli kompaniya orqali sotib olingan va minglab Hizbulloh
aʻʻzolariga tarqatilgan.
Isroil Gʻazodagi urush jinoyatlarini davom ettirar ekan,
Livandagi bu yangi hujumlar tarixga yana bir qora sahifa qoʻshadi. Isroil
razvedkasining xatti-harakatlari haqidagi batafsil nashrlari bilan tanilgan
Amerikaning nufuzli The New York Times gazetasining yozishicha, portlagan AR-924 qurilmalari Tayvanning Gold Apollo kompaniyasiga tegishli brend ostida Vengriyaning
BAC Consulting firmasi ishlab chiqargan. Ushbu kompaniya MOSSAD hujumni
uyushtirish uchun niqob sifatida foydalangan kompaniya hisoblanadi.
Etkazib
berish 2022 yilda boshlangan
Hizbulloh
etakchisi Hasan Nasrulloh oʻz tarafdorlari orasida mobil telefonlardan
foydalanishni taqiqlashni buyurgach, peyjerlardan foydalanishga qaror qilingan. Ushbu
qarordan xabar topgan Isroil razvedkasi soxta kompaniyalardan foydalanishni
boshlagan. Soxta kompaniyani niqobi ostida MOSSADning oʻzi plastik portlovchi modda
joylashtirilgan va detonatsiya dasturiy taʻʻminoti oʻrnatilgan peyjerlarni ishlab
chiqarib, birinchi partiyasini 2022 yilda Livanga etkazib bergan. The New York
Times nashrining uch nafar anonim razvedka manbasi peyjerlarning kelib chiqishini
yashirish uchun yana kamida 2 ta qoʻshimcha kompaniya yaratilganini tasdiqladi.
Ikki yillik operatsiya
Maqolaga koʻra, Isroilning BAC Consulting kompaniyasi dastlab
oʻz xizmatlarini ochiq bozorda taklif qilib, keng doiradagi mijozlarga xizmat
koʻrsatgan, biroq uning asosiy maqsadi Hizbulloh boʻlgan. Kerakli payt kelganida, kompaniya vakillari
Hizbulloh rahbariyati bilan qurilmalarni ularga topshirish uchun aloqa oʻrnatgan. Ushbu peyjerlar va
radio uzatgichlar Isroil razvedkasi tomonidan ishlab chiqarilgan va hujumga
tayyorlangan.
Yozda taʻʻminotni koʻpaytirish
Gazeta, shuningdek, Hizbullohga buyruqlarni tez qabul qilish
uchun har doim peyjerlarni oʻzlari bilan olib yurish koʻrsatma berilganini xabar
qiladi. Ikki AQSh razvedkachisining soʻzlariga koʻra, yozda qurilmalar etkazib berish
sezilarli darajada oshga va
minglab Hizbulloh aʻʻzolari va ularning ittifoqchilariga tarqatilgan.
Portda uch oy kutish
Al Jazeera telekanaliga intervʻyu bergan urush muxbiri va siyosiy
tahlilchi Elijax
Magnier hujum haqida yangi maʻʻlumotlarni taqdim etdi. Uning qayd etishicha,
qurilmalar fevralʻ
oyida ishlab chiqarilgan va uch oy davomida Livan portida qolgan. Uning fikricha,
bunday murakkab operatsiyani tashkil qilish uchinchi tomonning yordamini talab qilgan.
Magnier har bir qurilma qoʻlda 1-3 gramm portlovchi bilan jihozlanganligini koʻrsatdi.
Metall sharchali
qismlar
Magnier,
shuningdek, peyjerlar metall sharchalar
bilan taʻʻminlangani,
bu portlashlarning halokatli kuchini sezilarli darajada oshirganini taʻʻkidladi.
Har tomonga uchgan metall
parchalari portlashni yanada halokatli qildi.
Javobsiz savollar
Hizbulloh xarid jarayonini qanday boshqargani, kerakli
tekshiruvlarni oʻtkazganmi va Eron bunda qanday rol oʻynaganligi haqida koʻplab
savollar ochiq qolmoqda.
Shuningdek, bu kompaniyalar bilan qanday qilib aloqa oʻrnatilgani, nima uchun AQSh ittifoqchisi Tayvandan
kompaniya tanlangani va MOSSAD Hizbulloh tuzilmalariga qay darajada kirib borgani maʻʻlum emas.
Ishlab chiqarish 10 yil oldin yakunlangan!
Hizbulloh tomonidan shoshilinch aloqa uchun foydalaniladigan
radio uzatgichlar portlashidan soʻng, ushbu uskunani ishlab chiqaruvchi Yaponiyaning ICOM
Inc. kompaniyasi bayonot berdi. Kompaniya rahbari Enomoto Yoshiki bu qurilmalar oʻn
yildan koʻproq vaqt oldin ishlab chiqarilgan eski IC-V82 modeli boʻlishi mumkinligi va ularni etkazib berish oʻn yil
muqaddas toʻxtatilganini maʻʻlum qildi.
Hizbulloh tuzilmasining fosh boʻlishi
Bu hujumlar Hizbullohning ichki tuzilishini ham fosh qildi.
Yaqin Sharq boʻyicha ekspert Zohide Touba Korning fikricha, Isroil amaliyoti koʻp oqibatlarga olib keldi,
jumladan, tashkilot sxemasini fosh qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Isroil yo tinchlik
kelishuvlari orqali Hizbulloh bilan oʻyin qoidalarini oʻzgartirishga yoki shimoliy
chegaralari xavfsizligini taʻʻminlash uchun toʻlaqonli urush boshlashga harakat
qilmoqda. Bu hujumlar natijasida faol va yashirin koʻplab Hizbulloh aʻʻzolari
aniqlandi.
5000 kishini oʻldirishga urinish
Hujumlar ortidan Hizbulloh etakchisi Hasan Nasrulloh
Isroilning harakatlarini qoralab, uni bir necha daqiqada 5000 kishini oʻldirishga
uringanlikda ayblagan bayonot berdi. “Dushmanlar ikki daqiqa ichida 5000 kishini
oʻldirib, xalqimizni yoʻq qilmoqchi boʻldi”, dedi u va Isroilning hujumi Livanga
toʻgʻridan-toʻgʻri urush eʻʻlon qilish ekanligini aytdi.
Manba: Yeni Şafak