29.11.2024 09:54

Ikki oylik urush: Livan va Isroilning yoʻqotishlari

Isroil matbuoti "Hizbulloh" va Isroil armiyasi oʻrtasidagi ikki oylik urush davomida Livan va Isroil koʻrgan zararning qiyosiy tahlilini chop etdi.

The Jerusalem Post gazetasi maʻʻlumotlar oldingi xabarlarga asoslangani va Isroil armiyasidan yangilanish kutilayotganini taʻʻkidladi. Maʻʻlumotlar taxminiy boʻlsa-da, u har ikki tomonning ham tinch, ham harbiy yoʻqotishlari haqida umumiy tasavvur beradi.

Nashrga koʻra, «Hizbulloh» 2500 dan 3000 nafargacha jangchisini, Isroil esa 75 ta askarini yoʻqotgan. Shu bilan birga, "Hizbulloh" qoʻmondonlarning muhim qismi halok boʻlganiga qaramay, oʻn minglab jangarilari bilan qolmoqda, ularning aksariyati oddiy kuchlardir.

Tinch aholi orasida havo, artilleriya va boshqa hujumlar natijasida 700 dan 1200 nafargacha livanlik halok boʻldi. Isroilda esa tinch aholi qurbonlari soni 45 tani tashkil etdi. 

Livandan Isroilga 15 mingga yaqin raketa va 2500 ta uchuvchisiz uchoq otilgan. Qayd etilishicha, "Hizbulloh"ning raketa arsenali 150 mingdan 30 mingdan koʻproqqa qisqartirilgan, ayni paytda, bu maʻʻlumotlar taxminiyligicha qolmoqda. Bu qisqarish bilan ham, hozirgi urushgacha HAMAS zaxiralari ikki baravar koʻpdir.

Isroilning Livanga qilgan hujumlari soni ham turli hisob-kitoblarga koʻra farq qiladi. Eng keng tarqalgan maʻʻlumotlarga koʻra, 14 mingga yaqin havo va artilleriya zarbalari berilgan. 20 sentyabrdan 26 noyabrgacha birgina Bayrutga 330 ta havo hujumi uyushtirildi.

Ikki oy ichida koʻchirilganlar soni 60 mingdan ortiq isroillikka 1,2 milliondan 1,6 milliongacha livanlik toʻgʻri keldi. Xususan, soʻnggi bir yil ichida Livan janubining yuz minglab aholisi oʻz uylarini tashlab ketishgan.

Oxirgi ikki oy ichida isroilliklarning uchdan bir qismi "Hizbulloh" tomonidan zarbaga uchragan, raketa va dron hujumlarida 2874 fuqarolik binosi zarar koʻrgan.

Ziyon va yoʻqotishlar (Sionistik rejimning)

Iqtisodiy zarar:

1,7 mlrd dollar (evakuatsiya xarajatlari va shimoliy hududlardagi aholini koʻchirish).

273 mln dollar (infratuzilma yoʻqotishlari).

3,5 mlrd dollar (turizm sohasiga zarar).

Harbiy yoʻqotishlar:

50 ta tank va zirhli transport vositalari yoʻq qilingan.

100 oʻlik, 1000dan ortiq yaralangan.

Jamiyatdagi taʻʻsir:

22 715 marta havo hujumi sirenalari yangragan.

60 000 kishi oʻz uylaridan koʻchirilgan.

Raketalar hujumi:

3800 ta raketa otilgan.

400 ta ommaviy otish amalga oshirilgan.

Harbiy yutuqlar:

6 ta "Merkava" tanki yoʻq qilingan (oʻrtacha 4 mln dollar turadi).

bir kun ichida 541 marta sirenalar ishga tushirildi.

Isroil va Netanyaxuning maqsadlari:

1. "Hizbulloh"ning harbiy salohiyatini 80% yoʻq qilish.

Reallik: "Hizbulloh"ning hujumlari va raketa otishlari Xasan Nasrullohning oʻlimi bilan ham toʻxtamadi.

2. "Hizbulloh"ga bosim oʻtkazib, asirlar almashuviga erishish.

Natija: Isroil HAMASga qarshi kurasha olmadi.

3. Aholini oʻz uylariga qaytarish.

Reallik: Evakuatsiya qilingan hududlarda xavfsizlik taʻʻminlanmadi.

4. "Hizbulloh"ni qurolsizlantirish (1559-rezolyutsiya).

Natija: Hech qanday oʻzgarish sodir boʻlmadi.

5. "Hizbulloh"ning sogʻliqni saqlash, iqtisodiy va siyosiy tizimlarini yoʻq qilish.

Natija: Bu tizimlar muvaffaqiyatli ishlashda davom etmoqda.

6. Shimoliy hududlarda xavfsizlikni tiklash.

69% Isroil aholisi urush yakunlanganini tan olmadi.

Mavzuga aloqador