23.10.2024 11:32

Livan janubida Isroilning 25 ta askari yaralandi, bir qancha qurbonlar bor

Livan janubida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda kamida 25 ta isroillik askar yaralandi. Shuningdek, bir qancha qurbonlar bor, jumladan, “Hizbulloh” bilan toʻqnashuv natijasida Isroil armiyasining zaxiradagi mayori, 228-“Alon” brigadasining 9308-batalʻoni qoʻmondoni oʻrinbosari Aviram Xarib hamda 7338-“Adirim” artilleriya polkidan 27 yoshli Saʻʻar Eliad Navarski oʻlgan.

Harbiylar bergan maʻʻlumotlarga koʻra, Livan janubida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda kamida 25 ta isroillik askar yaralandi.

Bundan tashqari, Livanning janubida “Hizbulloh” bilan toʻqnashuv natijasida Isroil armiyasining zaxiradagi mayori, 228-“Alon” brigadasining 9308-batalʻoni qoʻmondoni oʻrinbosari Aviram Xarib oʻldi.

Shuningdek, Isroil armiyasining maʻʻlum qilishicha, 7338-“Adirim” artilleriya polkining 508-batalʻonidan 27 yoshli Saʻʻar Eliad Navarski Hizbulloh bilan chegaradagi janglarda oʻlgan. Xuddi shu batalʻonning zaxiradan chaqirilgan uchta askari ogʻir yaralangan.

Gʻazo va Livanda urush boshlanganidan beri yahudiy davlati 752 ta harbiy xizmatchi halok boʻlgani va 5043 tasi yaralanganini oshkor qilishga ruxsat berdi.

The Jerusalem Post norasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, 700 dan ortiq isroilliklar bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida ekanini maʻʻlum qildi.

OAVda taʻʻkidlanganidek, rasmiy tuzilmalar haligacha bedarak yoʻqolganlarning oilalariga javob bermagan va qidiruvda boʻlganlarning yagona roʻyxati yoʻq.

Oʻz yaqinlarini topish uchun umidsiz urinishda boʻlgan odamlar turli usullardan, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali qidirish imkoniyatlaridan foydalanmoqda.

Mavzuga aloqador