ish
AQSh IShIDning yuqori martabali etakchisini yoʻq qildi
AQSh Markaziy qoʻmondonligi 25 iyulь kuni Suriyaning shimolidagi al-Bab shahrida reyd oʻtkazib, IShIDning yuqori martabali etakchisi va uning ikki voyaga etgan oʻgʻlini oʻldirdi. Operatsiya Halab viloyatida amalga oshirilgan boʻlib, oqibatda Zavba Muslih al-Hardani hamda uning oʻgʻillari – Abdulloh va Abdurrohman halok boʻlgan. CENTCOM bayonotida aytilishicha, ularning barchasi "AQSh va koalitsiya kuchlari, shuningdek, yangi Suriya hukumati uchun tahdid" hisoblangan.
Davomini o'qish...11926.07.2025 13:48Surxondaryolik yigit Telegram’dagi “istoriya”si sabab uch yilga qamaldi
Surxondaryo viloyatida Telegram’dagi “istoriya”siga “Iroq va Shom islom davlati” (IShID)ning qora bayrogʻi koʻringan videoni joylagan 18 yoshli yigit 3 yilga qamaldi.
Davomini o'qish...52408.05.2025 08:10AQSh: Suriya shimoli-sharqidagi IShID mahbuslari bilan bogʻliq yordam abadiy davom etmaydi
AQShning BMTdagi elchisi vazifasini bajaruvchi Doroti Shi Xavfsizlik Kengashida IShID bilan bogʻliq mahbuslar va Suriya shimoli-sharqidagi al-Hol va Roj lagerlarini boshqarish masalasida AQShning yordami doimiy davom etolmasligini bildirdi.
Davomini o'qish...52414.02.2025 11:10Oʻzbekistonda IShID safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 yoshli yigit va uning 16 tanishi qoʻlga olindi
Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi IShID safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 yoshli yigit va uning 16 tanishini qoʻlga olgani xabar qilindi. Hali maktabni ham tamomlamagan yigit qanday qilib xalqaro terroristik tashkilot taʻʻsiriga tushib qolishi mumkin? Bilimsizlikdanmi, nazoratsizlikdanmi? Oʻzbekning yosh oʻgʻlonining bu yoʻlga kirishida kim aybdor?
Davomini o'qish...112227.11.2024 16:49IShID Isroil bilan hamkorlikda Xon Yunis va Rafahni talon-toroj qilmoqda
HAMAS Gʻazo sektorida gumanitar yordamlarni talon-taroj qilish bilan shugʻullangan jinoiy guruhlarga qarshi operatsiya oʻtkazdi. Xon Yunus va Rafahda olib borilgan operatsiya natijasida ikki guruhga aloqador 20 nafar qurolli shaxs zararsizlantirildi. Bu toʻdalarning baʻʻzilari IShID terror tashkiloti bilan aloqada boʻlgan.
Davomini o'qish...106823.11.2024 07:33Iroq turkmanlari IShID Mosuldagi "qirgʻin chuquri"dan yaqinlarining jasadlari olib chiqilishini kutmoqda
2014 yil iyunʻ oyida Iroqning Mosul va boshqa hududlarini qoʻlga kiritgan IShID terror tashkiloti Tal Afar tumanida xalq tili bilan “Doʻzax qudugʻi” deb ataladigan botiqqa 1000 dan ziyod tinch aholi vakillari, jumladan, bolalar va ayollarni oʻldirib, koʻmgan. Ular orasida Iroq turkmanlari vakillari ham bor. Bugungi kunda ushbu hududdagi ommaviy qabrlardan jasad qoldiqlari chiqarib olinib, DNK tekshiruvidan oʻtkazilmoqda va shaxslari aniqlanmoqda.
Davomini o'qish...176622.07.2024 16:10“Tolibon” 3 ta qoʻshni davlatni IShIDga yordam berishda aybladi
“Tolibon” Afgʻonistonga qoʻshni 3 davlatni IShIDga yordam berishda ayblab, biri IShIDni jangarilar bilan taʻʻminlayotgan boʻlsa, ikkinchisi ularni tayyorgarlikdan oʻtkazayotgani, uchinchisi esa moliyalashtirayotganini maʻʻlum qildi. Ushbu davlatlar nomi ochiq aytilmagan boʻlsa ham, gap Tojikiston, Pokiston va Eron haqidagi ketayotgani aytilmoqda.
Davomini o'qish...190227.04.2024 09:45FSB “Krokus”dagi qoʻporuvchilikka aloqador yana uch gumondorni qoʻlga oldi
FSB Moskva, Ekaterinburg va Omsk shaharlarida “Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan qoʻporuvchilik harakatida jangarilarni moliyalash va yollashda gumon qilingan ikki nafar markaziy osiyolik va bir Rossiya fuqarosini qoʻlga oldi.
Davomini o'qish...199705.04.2024 08:29Frantsiya razvedkasi markaziy osiyoliklar ustidan nazoratni kuchaytirdi
Frantsiya razvedkasi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ustidan nazoratni kuchaytirdi. Moskvada sodir etilgan terakdan soʻng mamlakatda markaziy osiyoliklarning “katta toʻplanishlari” qayd etilgan. Shu sababli frantsuz razvedkasi oʻz eʻʻtiborini Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston fuqarolariga yoppasiga qaratishga qaror qildi.
Davomini o'qish...162729.03.2024 10:28AQSh elchixonasi Frantsiyada terakt xavfi haqida ogohlantirdi
AQSh elchixonasi Frantsiyada ham terakt xavfi kuchayganidan ogohlantirdi. Elchixona hujumlar “ozgina ogohlantirish” bilan amalga oshirilishi mumkinligini taʻʻkidlab, fuqarolar va sayyohlarni, ayniqsa, odamlar gavjum joylarda oʻta hushyor boʻlishga chaqirmoqda.
Davomini o'qish...172227.03.2024 14:35