27.04.2024 09:45

“Tolibon” 3 ta qoʻshni davlatni IShIDga yordam berishda aybladi

“Tolibon” Afgʻonistonga qoʻshni 3 davlatni IShIDga yordam berishda ayblab, biri IShIDni jangarilar bilan taʻʻminlayotgan boʻlsa, ikkinchisi ularni tayyorgarlikdan oʻtkazayotgani, uchinchisi esa moliyalashtirayotganini maʻʻlum qildi. Ushbu davlatlar nomi ochiq aytilmagan boʻlsa ham, gap Tojikiston, Pokiston va Eron haqidagi ketayotgani aytilmoqda.

“Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy Kobuldagi afgʻon-qozoq koʻrgazmasi ochilishida Afgʻonistonga qoʻshni uch davlatni IShIDga yordam berishda aybladi.

Sputnik Afgʻonistonning maʻʻlum qilishicha, Muttaqiy ularning nomini aniq aytmadi, biroq biri IShIDni jangarilar bilan taʻʻminlashi, ikkinchisi uni tayyorlash bilan shugʻullanayotgani, uchinchisi esa bularning barchasini moliyalashini taʻʻkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonda IShID uyalari yoʻq qilingan.

“Tolibon” Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul-Qahhor Balxiyning qoʻshimcha qilishicha, Muttaqiy oʻz hududlaridan mos ravishda inson resurslari, tranzit, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish maqsadida foydalangan uch davlatni nazarda tutgan.

“Tolibon” razvedkasiga yaqin deb hisoblanuvchi Almirsaad nashri gap Tojikiston, Pokiston va Eron haqida ketayotganini taxmin qilmoqda.

Avvalroq “Tolibon” etakchisi Haybatulloh Oxundzoda IShID va boshqa guruhlarga qarshi kurash boʻyicha maxsus boʻlinma tuzishga buyruq bergani xabar qilingan edi. Mazkur boʻlinmaga ishsiz “Tolibon” jangarilarini safarbar qilish topshirilgan. Boʻlinma zamonaviy jihozlar bilan qurollantirilib, razvedka maʻʻlumotlari asosida maxsus operatsiyalarni amalga oshiradi.

Mavzuga aloqador