26.07.2025 13:48
121

AQSh IShIDning yuqori martabali etakchisini yoʻq qildi



AQSh Markaziy qoʻmondonligi 25 iyulь kuni Suriyaning shimolidagi al-Bab shahrida reyd oʻtkazib, IShIDning yuqori martabali etakchisi va uning ikki voyaga etgan oʻgʻlini oʻldirdi.

Operatsiya Halab viloyatida amalga oshirilgan boʻlib, oqibatda Zavba Muslih al-Hardani hamda uning oʻgʻillari – Abdulloh va Abdurrohman halok boʻlgan. CENTCOM bayonotida aytilishicha, ularning barchasi "AQSh va koalitsiya kuchlari, shuningdek, yangi Suriya hukumati uchun tahdid" hisoblangan.

"Biz IShID jangarilarini qaerda boʻlishlaridan qatъi nazar, hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan birga murosasiz taъqib qilishda davom etamiz", degan CENTCOM qoʻmondoni general Maykl Kurilla.

Maъlumot uchun, Iroq va Shomdagi islomiy davlat (IShID) – 2006 yilda Al-Qoida boʻlinmasi sifatida paydo boʻlgan. 2014 yildan boshlab ekstremistik daъvolari tufayli unga qarshi xalqaro koalitsiya harakat boshlagan va 2019 yilga kelib deyarli tugatilgan.

Mavzuga aloqador