23.11.2024 07:33

IShID Isroil bilan hamkorlikda Xon Yunis va Rafahni talon-toroj qilmoqda

HAMAS Gʻazo sektorida gumanitar yordamlarni talon-taroj qilish bilan shugʻullangan jinoiy guruhlarga qarshi operatsiya oʻtkazdi. Xon Yunus va Rafahda olib borilgan operatsiya natijasida ikki guruhga aloqador 20 nafar qurolli shaxs zararsizlantirildi. Bu toʻdalarning baʻʻzilari IShID terror tashkiloti bilan aloqada boʻlgan.

Mahalliy manbalarga koʻra, ushbu toʻdalar Isroil askarlari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarda faoliyat yuritib, Isroildan passiv yoki faol himoya yordamini oladi.

HAMASning gumanitar yordam talon-torojiga qarshi operatsiyasi

Isroilning bir yildan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan shafqatsiz hujumlari fonida Gʻazo sektoridagi HAMAS harakati yangi tahdidlarga duch kelmoqda. Ayrim jinoiy toʻdalar shusiz ham mashaqqat bilan oʻtayotgan insonparvarlik yordamlarini talon-toroj qilishni boshladi. El-Araby el-Jadeed gazetasining yozishicha, operatsiya janubiy Gʻazo mintaqasida, Xon Yunus va Rafah shaharlarida HAMASning "Sahm" xavfsizlik boʻlinmasi tomonidan amalga oshirilgan.

Operatsiya gumanitar yordamlarni musodara qilgan va ularni oshirilgan narxlarda sotish bilan shugʻullangan ikki jinoiy guruhni nishonga oldi. Mahalliy qabilalar bilan hamkorlikda olib borilgan amaliyotda ushbu guruhlarning qurollangan 20 nafar aʻʻzosi zararsizlantirildi. HAMAS rasmiylarining aytishicha, operatsiya boshlanishidan avval jinoiy guruhlar Isroil harbiylari bilan aloqada boʻlganligi aniqlangan.

Guruhlarning Isroil harbiylari bilan aloqalari

Mahalliy manbalarga koʻra, ushbu guruhlar Gʻazo sektorining janubi-sharqida joylashgan "Kerem Shalom" nazorat-oʻtkazish punkti hududida faoliyat yuritgan. Bu nazorat punkti Isroil armiyasi vaqti-vaqti bilan insonparvarlik yordamlarini oʻtkazishga ruxsat beradigan kam sonli nuqtalardan biridir. Xabarlarga koʻra, toʻdalar Isroil harbiylari bilan kelishilgan holda yordam kolonnalari yoʻlini toʻsgan.

Isroil armiyasi va toʻdalarning himoyasi

Isroil avvalroq HAMAS insonparvarlik yordamini oʻzlashtirayotganini aytgan edi. Biroq Washington Post nashrining yozishicha, bu jinoiy guruhlarning ikki etakchisi - Yosir Abu Sabab va Shodi al-Soʻfiy IShID bilan aloqador va Gʻazodagi mojarodan oldin ham qidiruvda boʻlgan.

Ushbu ikki etakchining 200 dan ortiq qurolli tarafdorlari bor. Ular Isroil nazorati ostidagi "Kerem Shalom" nazorat-oʻtkazish punkti hududida joylashgan boʻlib, gumanitar karvonlarga hujum uyushtirib keladi. Gazeta keltirgan BMT hujjatlariga koʻra, guruhlar "Isroilning passiv yoki faol himoyasi ostida" harakat qilgan.

HAMAS operatsiyasi 

Zararsizlantirilganlar orasida IShIDga aloqador guruhlar rahbarlari bor-yoʻqligi hali tasdiqlanmagan. Biroq manbalarning aytishicha, operatsiya muvaffaqiyatli oʻtgan va Gʻazo janubidagi jinoiy guruhlar faoliyatini sezilarli darajada zaiflashtirgan.

HAMAS mintaqadagi ogʻir vaziyat va Isroilning doimiy hujumlariga qaramay, insonparvarlik yordamlarining talon-toroj qilinishiga qarshi harakatlarini davom ettirmoqda.

Mavzuga aloqador