14.02.2025 11:10

AQSh: Suriya shimoli-sharqidagi IShID mahbuslari bilan bogʻliq yordam abadiy davom etmaydi

AQSh: Suriya shimoli-sharqidagi IShID mahbuslari bilan bogʻliq yordam abadiy davom etmaydi

AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi vazifasini bajaruvchi Doroti Shi Xavfsizlik Kengashida IShID bilan bogʻliq mahbuslar va Suriya shimoli-sharqidagi al-Hol va Roj lagerlarini boshqarish masalasida AQShning yordami cheksiz davom etolmasligini bildirdi.

“Qoʻshma Shtatlar bu yukni juda uzoq vaqt davomida oʻz zimmasiga oldi, ammo bu lagerlarning xavfsizligini taъminlash va moliyalashtirish AQShning doimiy majburiyati boʻlib qololmaydi” dedi u. Shu bois, u mamlakatlarni oʻz fuqarolarini vataniga qaytarishga chaqirdi.

40 ming aholi, davom etayotgan tahdid

2019 yilda IShID magʻlubiyatga uchraganidan soʻng al-Hol lageri 40 mingga yaqin odam bilan toʻldi, ular orasida IShID jangarilarining oilalari ham bor. Bu hudud mintaqa davlatlari, ayniqsa, Iroq uchun xavfsizlik muammosi sifatida qaralmoqda.

Iroq rasmiylariga koʻra, mamlakat 10 000 dan ortiq fuqarosini vataniga qaytargan, ammo Gʻarb davlatlari bunday choralarga unchalik qiziqmayapti. Hozirda lagerdagi 16 mingga yaqin odam suriyaliklar ekani aytilmoqda.


Mavzuga aloqador