27.11.2024 16:49

Oʻzbekistonda IShID safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 yoshli yigit va uning 16 tanishi qoʻlga olindi


Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi IShID safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 yoshli yigit va uning 16 tanishini qoʻlga olgani xabar qilindi. Hali maktabni ham tamomlamagan yigit qanday qilib xalqaro terroristik tashkilot taʻʻsiriga tushib qolishi mumkin? Bilimsizlikdanmi, nazoratsizlikdanmi? Oʻzbekning yosh oʻgʻlonining bu yoʻlga kirishida kim aybdor?   
 
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Islom va Shom islom davlati (IShID) xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga koʻshilmoqchi boʻlgan 17 yoshli yigit va uning 16 nafar tanishi qoʻlga olingani maʻʻlum qilindi.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida 2007 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan K.I. internet tarmogʻida ekstremistik gʻoyalar taʻʻsiriga tushishi oqibatida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy yigʻilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan IShID safiga qoʻshilishni rejalashtirgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

"Loqaydlik va ishonuvchanlik oqibatida, internet tarmogʻi orqali yot gʻoyalar taʻʻsiriga tushib qolmaslik uchun fuqarolarimizni doimo ogoh boʻlishiga chaqiramiz. Oʻzingizning taqdiringizga befarq boʻlmang", - deyiladi IIV xabarida.

Koʻpchilik uchun oddiy bir xabar. "Yaxshi qilishibdi, vaqtida ushlanibdi", deydigan xabar. Ammo eʻʻtibor bering - hali maktab yoshidagi yigit qoʻlga olingan. U qanday qilib bu yoshda terroristik gʻoyalar taʻʻsiriga tushishi mumkin? Bilimsizlikdanmi yoki qarovsizlikdan? Balki jamiyat tomonidan chetlashtirilgan, nohaqliklarga, bosimlarga uchragandir. Ehtimol, u terrorist kim, jihod nima, shahidlikning asl mohiyati qanday, degan savollarga javob bera olmas.

Ota-ona sifatida farzandlarimizning kimlar bilan osh-qatiq boʻlayotgani, ularning internetdan foydalanishini butunlay cheklamagan holda undan maqsadli foydalanishini oʻrgatish va buning ustidan qatʻʻiy nazorat oʻrnatishimiz zarur. Jamiyat sifatida esa har bir bolaga oʻzimizning farzandimizdek qarab, ularga eng kerakli diniy va dunyoviy bilimlarni yoshlariga mos tarzda taqdim etishga harakat qilishimiz kerak. Ruhiy va jismoniy tazyiqqa uchrayotgan, yakkalanayotgan, chetlashtirilayotgan, pastga urilayotgan yoshlarni aniqlash va oʻz vaqtida ularga yordam qoʻlini choʻzish esa birinchi navbatda davlatimizning vazifasidir. Zero xalqaro terroristik tashkilotlar tuzogʻiga tushayotgan har bir yoshimiz - bizning boy berilgan ulkan imkoniyatimizdir...

Mavzuga aloqador