22.08.2025 11:31
62

Namanganda 21 nafar yosh yigit-qiz qoʻlga olindi. Ular terrorchilik gʻoyalarini targʻib qilishda ayblanmoqda


Namangan viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda "Islom davlati" terroristik tashkiloti gʻoyalari taъsiriga tushgan 21 nafar shaxs qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX).

DXXga koʻra, ular ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kanallar ochib, terrorchilik tashkiloti gʻoyalarini targʻib qiluvchi materiallarni tarqatib kelgan.

Ulardan ikki nafari yashirincha nikohdan oʻtib, ota-onalariga bildirmasdan Misrga hijrat qilishni koʻzlagani aytilmoqda.

Shuningdek, guruh aъzolari qarindoshlari va mahalladoshlarini ham oʻz safiga jalb etgan.

Jamoatning namanganlik 4 nafar etakchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 244−1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244−2 moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ularning 2 nafariga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Qolgan 17 nafar aъzoga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador