Frantsiya razvedkasi markaziy osiyoliklar ustidan nazoratni kuchaytirdi
Frantsiya razvedkasi markaziy osiyoliklar ustidan nazoratni kuchaytirdi
Frantsiya
razvedkasi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ustidan nazoratni kuchaytirdi. Moskvada
sodir etilgan terakdan soʻng mamlakatda markaziy osiyoliklarning “katta
toʻplanishlari” qayd etilgan. Shu sababli frantsuz razvedkasi oʻz eʻʻtiborini
Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston fuqarolariga yoppasiga qaratishga qaror
qildi.
Moskvadagi
teraktdan qariyb bir hafta oʻtib, frantsuz razvedkasi Frantsiyada ommaviy
terrorizmning qaytishidan xavotirda, deb yozmoqda Europe1 nashri.
Xabarda
qayd etilishicha, Frantsiya ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi (DGSI) mamlakatga harbiy
qurollar yoki avtomashinalar yordamida amalga oshiriladigan ommaviy terrorizm
qaytishidan xavotirda.
“Uch-toʻrt
kishidan iborat “uyqudagi yacheykalar” binolarda uxlamoqda va Afgʻoniston hududidan
masofadan turib faollashtiriladi. Terrorizmga qarshi kurash rasmiylari Olimpiada
ochilish marosimi kuni butun dunyo boʻylab kameralar oldida kelishilgan hujum stsenariysidan
iloji boricha qochishni istaydi”, - deyiladi xabarda.
Europe1
ga koʻra, Sena daryosi boʻylab oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan sportchilar paradining
hozirgi formatini oʻz holicha qoldirish juda katta xavf tugʻdiradi. "Biz “B”
rejasiga oʻtishimiz kerak", degan razvedka manbasi. Chunki Moskvadagi
hujumdan soʻng IShIDning afgʻon boʻlimi javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan va shu bois
tahdid darajasi ham qayta koʻrib chiqilgan.
“Oʻtgan haftada biz odatda kuzatadigan Markaziy Osiyo
fuqarolari orasida katta toʻplanish kuzatildi”, — deyiladi xizmatlar xabarida. Shu
sababli Frantsiya razvedkasi oʻz sensorlarini Turkmaniston, Qirgʻiziston va
Qozogʻiston fuqarolariga yoppasiga nishonga olishga qaror qildi.