Dog'iston

  • Dogʻistonda qurolli shaxslar sinagogaga hujum qildi. Politsiyachilar halok boʻldi

    23 iyunʻ kuni kechqurun Dogʻistonning Maxachqalʻʻa va Derbent shaharlarida nomaʻʻlum shaxslar sinagoga va cherkovga hujum qildi. Dogʻiston IIV qora kiyimdagi qurolli shaxslar Maxachqalʻʻadagi politsiya postini ham oʻqqa tutganini bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ularning politsiya mashinalariga qarata avtomatdan oʻq uzayotganini koʻrish mumkin. Hujumchilar bilan otishmada olti politsiyachi halok boʻlgan, yana 12 kishi yaralangani aytilmoqda. Shuningdek, kamida ikkita jangchi otib oʻldirilgan.

    Davomini o'qish...
    23.06.2024 22:58
  • Dogʻistonlik amaldor hibsga olindi. Uning oʻgʻillari qurolli hujumda qatnashgani aytilmoqda

    Dogʻistonning Sergokalinskiy tumani rahbari Magomed Umarov qoʻlga olindi. Umarovning ikki oʻgʻli – Odil va Usmon Maxachqalʻʻa va Derbentdagi cherkov va sinagogaga uyushtirilgan hujumlarda qatnashgani, ikkalasi ham otib oʻldirilgani aytilmoqda. Ayni paytda Dogʻistonda terrorizmga qarshi operatsiya rejimi joriy etilgan: Maxachqalʻʻa va Derbentga kirish-chiqish yoʻllari toʻsib qoʻyilgan, politsiya mashinalarni tekshirmoqda.

    Davomini o'qish...
    24.06.2024 00:07
  • Dogʻistondagi qurolli hujum: halok boʻlganlarning aksariyati musulmonlar

    Baza Telegram-kanali maʻʻlumotlariga koʻra, qurolli hujumda kamida besh nafar tinch aholi vakili jarohat olgan. Dogʻiston rahbari Sergey Melikov esa hujumni qaytarishda 15 dan ortiq xavfsizlik xodimlari, "Dagestanskie Ogni" shahri politsiya boʻlimi boshligʻi Mavluddin Xidirnabiev halok boʻlganini aytdi. Milliy aksilterrorchilik qoʻmitasi amaliyot davomida besh nafar qurolli shaxs oʻldirilganini maʻʻlum qilgan.

    Davomini o'qish...
    25.06.2024 10:35
  • Dogʻiston rahbari niqobga qarshi ekanini maʻʻlum qildi

    Dogʻiston rahbari Sergey Melikov “xavfsizlik nuqtai nazaridan” xotin-qizlarning yuzini berkituvchi kiyim, jumladan niqob taqishiga qarshi chiqdi. U burqani "Kavkaz xalqlariga xos boʻlmagan kiyim"ligini aytib, "erkaklar roʻmol ortiga yashirinishi, ayollar esa taqiqlangan narsalarni olib yurishi"ni qoʻshimcha qilgan.

    Davomini o'qish...
    26.06.2024 09:00
  • Dogʻiston muftiyati niqobni «vaqtinchalik» taqiqladi

    Dogʻiston muftiyatining fatvo boʻlimi niqobni vaqtinchalik taqiqlash boʻyicha fatvo chiqardi. Unga koʻra, taqiq respublika aholisi xavfsizligiga tahdidlar mavjudligi sabab qilib koʻrsatildi va mazkur xavf-xatarlar bartaraf etilib, “yangi fatvo” chiqquniga qadar amalda boʻladi. Avvalroq Dogʻiston muftiyati niqobni butunlay taqiqlash uchun etarlicha islomiy asoslar topa olmaganini eʻʻlon qilgan, biroq anʻʻanaviy liboslarni kiyishni “mahalliy darajada taqiqlash”ga ruxsat bergandi.

    Davomini o'qish...
    03.07.2024 11:59
  • Volgaboʻyi musulmonlari etakchisi Dogʻiston fatvosini «tushunmadi»

    Volgaboʻyi musulmonlari diniy boshqarmasi boshligʻi, muftiy Muqaddas-Hazrat Bibarsov Dogʻiston muftiyatining niqobni “vaqtinchalik” taqiqlash toʻgʻrisidagi fatvosini tanqid qildi. “Dogʻiston muftiyati mamlakatdagi diniy vaziyatni chayqatayotganlarning yoʻl-yoʻrigʻiga ergashgani juda achinarli...” deb yozdi u.

    Davomini o'qish...
    04.07.2024 14:35
  • Dogʻiston muftiysi yangi fatvo boʻlimi tashkil etilishini maʻʻlum qildi

    Dogʻiston muftiyatida fatvolar boʻlimi qaytadan tashkil etilishi maʻʻlum qilindi. Ushbu boʻlim shariatga koʻra niqobni taqiqlash uchun asoslar topilmaganini eʻʻlon qilganidan soʻng "zamon talablariga mos kelmagani" uchun yopilgan edi.

    Davomini o'qish...
    18.07.2024 10:22
  • Ukraina birinchi marta Dogʻistonga hujum qildi

    Ukraina uchuvchisiz uchoqlari urush boshlanganidan beri birinchi marta Dogʻiston hududiga hujum qilib, Kaspiyskdagi bir qator harbiy nishonlarga zarba berdi. Hujum Maxachqalʻʻa aeroportida uch reysning kechiktirilishiga sabab boʻldi. Qurbonlar haqida maʻʻlumot yoʻq.

    Davomini o'qish...
    07.11.2024 10:01