07.11.2024 10:01

Ukraina birinchi marta Dogʻistonga hujum qildi

Ukraina uchuvchisiz uchoqlari urush boshlanganidan beri birinchi marta Dogʻiston hududiga hujum qilib, Kaspiyskdagi bir qator harbiy nishonlarga zarba berdi. Hujum Maxachqalʻʻa aeroportida uch reysning kechiktirilishiga sabab boʻldi. Qurbonlar haqida maʻʻlumot yoʻq.

 

6 noyabrʻ kuni ertalab Rossiyaning Telegram-kanallari Dogʻistonda portlashlar va oʻq ovozlariga oʻxshash ovozlar eshitilganini maʻʻlum qildi. Ularga koʻra, Ukrainadan uchirilgani taxmin qilingan uchuvchisiz uchish uskunasi Kaspiy dengizi uzra tutib olingan.

Respublika rahbari Sergey Melikov bir necha soatdan keyin Kaspiy dengizi osmonida Ukraina uchuvchisiz uchogʻi urib tushirilganini tasdiqladi. Siyosatchi mahalliy aholini xotirjamlikka, ishonchli manbalarga tayanishga va voqea aks etgan videoni internetda tarqatmaslikka chaqirdi. Qurbonlar haqida maʻʻlumot yoʻq.

“Hozirda hodisa holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tezkor shtab bor, masʻʻul idoralar bilan doimiy aloqadaman”, — deya aniqlik kiritdi Melikov.

Mahalliy aholining Baza Telegram kanaliga xabar berishicha, ertalab soat sakkizlarda shahar osmonida portlash ovozi eshitilgan. Keyin Kaspiyskda yangi portlashlar eshitildi, biroq ular haqida tafsilotlar maʻʻlum qilinmadi. Telegram kanallari urib tushirilgan obʻʻekt Ukrainaning A-22 “Uchar tulki” samolyoti ekanligini aniqladi. Xabar qilinishicha, voqea Maxachqalʻʻa aeroportida uch reysning kechiktirilishiga sabab boʻlgan.

Shunisi eʻʻtiborga loyiqki, Kaspiyskdan Ukrainagacha 1 ming kilometrdan ortiq masofa bor, bu dronning parvoz masofasi va uning kelib chiqishi haqida savollar tugʻdiradi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, avvalroq Ukraina dronlari bundan ham uzoq masofalarni bosib oʻtib, Checheniston, Tatariston va Boshqirdistonga uchib borgandi. Jumladan, 31 oktyabrʻ kuni dronlar Boshqirdistondagi uchta energetika obʻʻektiga hujum qildi. Ushbu hujum natijasida jarohatlanganlar yoki vayronagarchiliklar borligiga aniqlik kiritmagan.

Ayni paytda, 3 noyabrʻ kuni Rossiya Ukrainaga qarshi 100 ga yaqin dronni joylashtirgan keng koʻlamli dron hujumini boshladi. Ukraina harbiy-havo kuchlari 3 noyabrʻ kuni 24 soat ichida 66 ta dron va bitta raketani urib tushirganini maʻʻlum qildi.

Shu kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Rostov, Belgorod va Volgograd viloyatlarida Ukrainaning 19 ta uchuvchisiz samolyoti urib tushirilgani haqida xabar berdi. Bir kishi vafot etgan.

Mavzuga aloqador