Dogʻiston muftiyati eridan koʻp narsa talab qilayotgan ayollarni tanqid qildi
Dogʻiston muftiyati ayrim ayollarning ijtimoiy tarmoq taъsiriga tushib qolganini tanqid qildi. Maxachqalъa imomlari kengashi raisi Doniyol Umailovning aytishicha, jamiyatda shakllanayotgan "zamonaviy odatlar" oilaviy qadriyatlarga salbiy taъsir qilmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, ayol ozgina pul topsa ham, atrofidagilar taъsirida oʻzining kirakashlik yoki qora mehnat qilib halol pul topayotgan turmush oʻrtogʻiga bepisandlik koʻrsatmoqda.
"Eri halol mehnat qilib, oilasini taъminlab turibdi. Xotini esa uni omadsiz deb hisoblaydi", degan imom.
Umailov baъzi dogʻistonlik ayollarning jufti haloli oilasi taъminoti uchun harakat qilayotganiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlar taъsirida undan ajralishga bahona izlayotganini tanqid qilgan.
Muftiyat vakilining fikricha, bunday muammolar internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "ayol mustaqil va erkin boʻlishi kerak" degan gʻoyalar sabab kelib chiqmoqda. Bu esa asl qadriyatlar va oilalarning mustahkamligiga putur etkazyapti.