BMT Xavfsizlik Kengashi
AQSh beshinchi marta Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi
AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan oʻn aʻʻzosi tomonidan tayyorlangan va Gʻazoda zudlik bilan va soʻzsiz oʻt ochishni toʻxtatish talab qilingan rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi. Oʻtgan oktyabrʻ oyida Yaqin Sharqdagi mojaro avj olganidan beri Qoʻshma Shtatlar Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rezolyutsiyasiga beshinchi marta toʻsqinlik qilmoqda.
Davomini o'qish...71221.11.2024 07:27BMT Xavfsizlik Kengashi favqulodda yigʻilish oʻtkazadi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi munosabati bilan chorshanba kuni favqulodda yigʻilish oʻtkazadi.
Davomini o'qish...116701.08.2024 09:18BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga oʻtdi
1 iyuldan BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik bir oy muddatga Rossiyaga oʻtdi. Rossiya raisligidagi asosiy tadbirlar oy oʻrtalarida boʻlib oʻtishi kutilmoqda hamda ular yanada adolatli, demokratik va barqaror dunyo tartibini barpo etish, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, BMTning KXShT, MDH va ShHT bilan hamkorligiga bagʻishlanadi.
Davomini o'qish...102602.07.2024 14:35BMT Bosh Assambleyasi Falastinning toʻlaqonli aʻʻzoligini qayta koʻrib chiqmoqda
BMT Bosh Assambleyasi bugun 10 may kuni Falastinning toʻlaqonli aʻʻzolik masalasini koʻrib chiqmoqda. AQSh Falastinning BMTga toʻlaqonli aʻʻzo boʻlishini talab qiluvchi rezolyutsiyaga 18 aprel kuni veto qoʻyganidan soʻng, bugun BMT Bosh Assambleyasi BMT Xavfsizlik Kengashining ushbu masalani qayta koʻrib chiqishi va Falastinga qoʻshimcha huquqlar berishini talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasiga ovoz beradi.
Davomini o'qish...155510.05.2024 12:14AQSh Falastinning BMTga toʻliq aʻʻzoligi haqidagi rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi
AQSh Falastinning BMTga toʻliq aʻʻzoligi haqidagi rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi. BMT Xavfsizlik Kengashiga aʻʻzo 12 davlat loyihaga «maʻʻqul» ovoz berdi, Buyuk Britaniya va Shveytsariya betaraf qoldi.
Davomini o'qish...148319.04.2024 09:30BMT XK Ramazonda Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Xavfsizlik Kengashi 7 oktyabrdan buyon ilk bor Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu qaror faqat Ramazon oyida Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishiga qaramasdan, doimiy va barqaror sulhga olib kelishi mumkin.
Davomini o'qish...157226.03.2024 08:40Rossiya va Xitoy AQShning Gʻazo boʻyicha rezolyutsiyasiga veto qoʻydi
Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida AQSh taklif qilgan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha diplomatik saʻʻy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan rezolyutsiyaga veto qoʻydi. Rossiya vakili AQSh tashabbusini ikkiyuzlamachilik deb atab, bundan keyin oʻt ochishni talab qilmaydigan va hech qaerga olib bormaydigan maʻʻnosiz rezolyutsiyalar qabul qilinmasligini taʻʻkidladi.
Davomini o'qish...169923.03.2024 08:20BMT isloh qilish masalasi koʻrib chiqildi
Turkiyaning Antaliya viloyatida boʻlib oʻtgan 3-diplomatik forum ishtirokchilari BMT, BMT Xavfsizlik Kengashi islohotga muhtoj ekani, ular dunyoda roʻy berayotgan oʻzgarishlar fonida turgʻunlik holatida ekani hamda qurolli mojarolarda tobora koʻproq tinch aholi vakillari qurbon boʻlayotganini taʻʻkidlashdi.
Davomini o'qish...260404.03.2024 09:51Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashiga Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashiga Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Seshanba kuni Xavfsizlik kengashida ovozga qoʻyilishi kutilayotgan mazkur tashabbusga AQSh qarshi chiqdi.
Davomini o'qish...169419.02.2024 07:41BMT Xavfsizlik kengashi husiylar hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Xavfsizlik Kengashi husiylarning Qizil dengizdagi hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.
Davomini o'qish...206111.01.2024 09:55