23.03.2024 08:20

Rossiya va Xitoy AQShning Gʻazo boʻyicha rezolyutsiyasiga veto qoʻydi

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida AQSh taklif qilgan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha diplomatik saʻʻy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan rezolyutsiyaga veto qoʻydi. Rossiya vakili AQSh tashabbusini ikkiyuzlamachilik deb atab, bundan keyin oʻt ochishni talab qilmaydigan va hech qaerga olib bormaydigan maʻʻnosiz rezolyutsiyalar qabul qilinmasligini taʻʻkidladi.

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida AQSh taklif qilgan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha diplomatik saʻʻy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan rezolyutsiyaga veto qoʻydi.

AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild rezolyutsiyaga veto qoʻyilganidan afsusda ekanini aytib: Rossiya va Xitoy AQSh taklif qilgan rezolyutsiyaga shunchaki ovoz berishni xohlamadi, - dedi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya esa Amerika tashabbusini tanqid qilib, uni «ikkiyuzlamachilik» deb atadi hamda Rossiya bunday loyihani qoʻllab-quvvatlamasligini taʻʻkidladi.

“Biz bundan buyon oʻt ochishni toʻxtatish talablarini oʻz ichiga olmaydigan va bizni hech qaerga olib bormaydigan maʻʻnosiz rezolyutsiyalarni qabul qilmasligimizni aytdik”, - deya aniqlik kiritdi u.

Nebenzya, shuningdek, Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʻʻzolari oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha aniq talablar bilan muqobil rezolyutsiya loyihasini tayyorlaganini qayd etdi.

AQSh rezolyutsiya loyihasida "tinch aholini har tomondan himoya qilish uchun zudlik bilan va barqaror sulh" zarurligi, gumanitar yordam etkazilishini taʻʻminlash hamda Isroil va HAMAS oʻrtasidagi muzokaralarni qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʻʻkidlangan.

The Washington Post gazetasining xabar berishicha, hujjatda Gʻazoga yordam etkazilishiga cheklovlar, tinch aholiga hujumlar va xalqaro qonunlar buzilishi tanqid qilinadi. Rezolyutsiya, shuningdek, Rafahga hujum uyushtirmaslikka chaqiradi hamda “mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi” haqida ogohlantiradi.

Eslatib oʻtamiz, AQSh bungacha uch marotaba Rossiya, BAA va Jazoir tomonidan tayyorlangan Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi BMT rezolyutsiyalari loyihalariga veto qoʻyish huquqidan foydalangan.

Mavzuga aloqador