11.01.2024 09:55

BMT Xavfsizlik kengashi husiylar hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Xavfsizlik Kengashi husiylarning Qizil dengizdagi hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Yaman husiylarining Qizil dengizdagi hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.

BMT Xavfsizlik Kengashiga AQSh va Yaponiya tomonidan taqdim etilgan rezolyutsiya loyihasi ovozga qoʻyildi. Rezolyutsiya loyihasi 15 aʻʻzodan iborat BMT xavfsizlik kengashi tomonidan 11 «ha» va 4 «betaraf» ovoz bilan qabul qilindi.

Ovoz berishda betaraf qolgan Rossiya tomonidan talab qilingan uchta oʻzgartirishga veto qoʻyilgan. Rossiya qonun loyihasi xalqaro huquq sohasida yangi qoidalarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirib, qonun loyihasiga baʻʻzi bayonotlarni oʻzgartirish va Gʻazodagi vaziyatni qoʻshishni talab qildi.

Rossiya Qizil dengizdagi vaziyat Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari bilan bevosita bogʻliqligini bildirdi va qarorda bunga havola qilishni soʻradi.

Qarorda husiylarning Qizil dengizda 2023 yil 19 iyundan buyon tijorat kemalariga uyushtirgan 24 ta hujumi keskin qoralandi va ulardan hujumlarni zudlik bilan toʻxtatish talab qilindi.

Rezolyutsiya husiylarni Isroilga aloqador Galaxy Leader tijoriy kemasi ekipajini ozod qilishga chaqirishni oʻz ichiga oladi hamda "Tijorat kemalarining navigatsiya huquqlari va erkinligi xalqaro huquqqa muvofiq hurmat qilinishi kerak"ligi taʻʻkidlanadi.

Hujjatda, shuningek, aʻʻzo davlatlarning xalqaro huquq asosida kemalarini hujumlardan himoya qilish huquqiga ega ekanligi taʻʻkidlanib, mintaqaviy taranglikka olib keladigan toʻqnashuvlarning asl sabablarini bartaraf etish zarurligi qayd etildi.

Mavzuga aloqador