Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashiga Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashiga Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Seshanba kuni Xavfsizlik kengashida ovozga qoʻyilishi kutilayotgan mazkur tashabbusga AQSh qarshi chiqdi.
Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashiga Gʻazo sektorida zudlik bilan
oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Jazoir davlat
televideniesiga koʻra, hujjat seshanba kuni Xavfsizlik kengashida ovozga qoʻyiladi.
AQSh Jazoirning tashabbusiga qarshi chiqdi. AQShning BMTdagi
elchisi Linda Tomas-Grinfild yakshanba kuni Jazoir rezolyutsiyasi loyihasi
"qabul qilinmasligini" aytdi. Diplomat Vashington loyihani rad etish
uchun veto huquqidan foydalanishi mumkinligiga shaʻʻma qildi.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Xalqaro sud Janubiy Afrikaning
Isroilni Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlar tufayli BMTning genotsid
konventsiyasini buzganlikda ayblagan daʻʻvosini koʻrib chiqmoqda.