21.11.2024 07:27
AQSh beshinchi marta Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi
AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan oʻn aʻʻzosi tomonidan tayyorlangan va Gʻazoda zudlik bilan va soʻzsiz oʻt ochishni toʻxtatish talab qilingan rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi. Oʻtgan oktyabrʻ oyida Yaqin Sharqdagi mojaro avj olganidan beri Qoʻshma Shtatlar Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rezolyutsiyasiga beshinchi marta toʻsqinlik qilmoqda.
AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan oʻn aʻʻzosi tomonidan tayyorlangan va Gʻazoda zudlik bilan va soʻzsiz oʻt ochishni toʻxtatish talab qilingan Falastin-Isroil mojarosi boʻyicha rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi, deya xabar berdi «TASS».
Hujjat uchun Xavfsizlik kengashining 15 aʻʻzosidan 14 nafari ovoz berdi. Oʻtgan oktyabrʻ oyida Yaqin Sharqdagi mojaro avj olganidan beri Qoʻshma Shtatlar Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rezolyutsiyasiga beshinchi marta toʻsqinlik qilmoqda.
Rezolyutsiya loyihasi Xavfsizlik Kengashining 10 nafar doimiy boʻlmagan aʻʻzosi tomonidan tayyorlangan va toʻqqiz banddan iborat boʻlib, birinchisi "barcha tomonlar tomonidan zudlik bilan, soʻzsiz va doimiy ravishda oʻt ochishni toʻxtatish talabini" oʻz ichiga oladi. Hujjatda anklavda saqlanayotgan barcha garovga olinganlarni ozod qilish, barcha tomonlar tomonidan xalqaro qonunlarga rioya qilish va Gʻazoning tinch aholisiga gumanitar yordam olish imkoniyatini taʻʻminlash talablari bayon etilgan. Rezolyutsiya loyihasida, shuningdek, hujjat qabul qilingan taqdirda, BMT bosh kotibi uch hafta ichida Xavfsizlik Kengashiga rezolyutsiya ijrosi yuzasidan yozma hisobot taqdim etishi kerak boʻlgan band bor.
Sektor Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning oktyabrʻ oyida boshlangan harbiy operatsiyadan buyon Gʻazoda jami 44 ming falastinlik halok boʻlgan, 104 ming nafari yaralangan.