19.04.2024 09:30

AQSh Falastinning BMTga toʻliq aʻʻzoligi haqidagi rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi

AQSh Falastinning BMTga toʻliq aʻʻzoligi haqidagi rezolyutsiya loyihasiga veto qoʻydi. BMT Xavfsizlik Kengashiga aʻʻzo 12 davlat loyihaga «maʻʻqul» ovoz berdi, Buyuk Britaniya va Shveytsariya betaraf qoldi.

Juma kuni kechqurun BMT Xavfsizlik Kengashi Falastinning BMTga toʻliq aʻʻzo boʻlish istagini muhokama qildi.

Jazoir tomonidan tayyorlangan rezolyutsiya loyihasiga ovoz berish jarayonida Qoʻshma Shtatlar loyihaga veto qoʻydi. 12 davlat yoqlab ovoz berdi. Buyuk Britaniya va Shveytsariya betaraf qoldi, deya xabar qilmoqda Anadolu.

Falastin hozirda BMTda “doimiy kuzatuvchi davlat” hisoblanadi. Bu maqom unga Tashkilotning barcha yigʻilishlarida qatnashish imkonini beradi, biroq u BMTning asosiy organlarida ovoz berish huquqiga ega emas.

2024 yil 2 aprelda Falastin BMT bosh kotibiga 2011 yilda taqdim etilgan BMTga aʻʻzolik haqidagi arizasini qayta koʻrib chiqishni soʻrab maktub yoʻlladi. BMT rahbari soʻrovni qabul qilib, uni Xavfsizlik kengashiga yubordi, kengash 8 aprelʻ, dushanba kuni ochiq yigʻilishda masalani koʻrib chiqdi. Qoidalarga muvofiq, Xavfsizlik kengashi ushbu masalani yangi aʻʻzolarni qabul qilish boʻyicha qoʻmitasiga topshirdi.

Qoʻmita 8 aprelʻ va 11 aprelʻ kunlari boʻlib oʻtgan yigʻilishlarida Falastin taklifini muhokama qildi, biroq yakdil qarorga kelmadi. 2011 yilda Qoʻmita Falastinning ikki oy davomida toʻliq aʻʻzo boʻlish haqidagi soʻrovini xuddi shunday natija bilan koʻrib chiqqan edi. Har xil takliflar, jumladan, oraliq bosqich ham ilgari surildi.

Shunday qilib, 2012 yil 29 noyabrda Bosh Assambleya Falastinga Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʻʻzo boʻlmagan BMT kuzatuvchi-davlati maqomini berish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu qarorni oʻz vaqtida 138 ta davlat qoʻllab-quvvatlagan va 9 ta davlat (Kanada, Chexiya, Mikroneziya, Isroil, Marshall orollari, Nauru, Panama, Palau va AQSh) qarshi chiqqan edi. 41 delegatsiya betaraf qolgandi.

Mavzuga aloqador