04.03.2024 09:51

BMT isloh qilish masalasi koʻrib chiqildi

BMT Xavfsizlik Kengashida 240 million kishi nomidan ikki, Afrikaning 1,4 milliard aholisi nomidan esa hech kim vakil emas. Bu haqda Uganda tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo Antaliyada (Turkiya) boʻlib oʻtgan 3-diplomatik forumda soʻzlagan nutqida aytib oʻtdi.

Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Marko Stutsin, oʻz navbatida, Jahon tashkilotini isloh qilish zarurligini taʻʻkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, dunyoda roʻy berayotgan oʻzgarishlar fonida BMT «stagnatsiya» (turgʻunlik) holatida.

Stutsin dunyoda roʻy berayotgan qurolli mojarolarda tobora koʻproq tinch aholi qurbon boʻlayotganini qayd etdi. Shu bois "tinchlik tomon paradigmani oʻzgartirish zarurligini" taʻʻkidladi.

BMTning Livan boʻyicha maxsus koordinatori Joanna Vronekka "mojarolarning oldini olish va ishonchni mustahkamlash uchun innovatsion diplomatik yondashuvlar muhimligini" taʻʻkidladi.

Yadroviy sinovlarni keng qamrovli taqiqlash shartnomasi tashkiloti ijrochi kotibi Robert Floyd, oʻz navbatida, yadroviy qurolsizlanish muhimligini taʻʻkidladi. U, shuningdek, "zamonaviy yadro qurollarining haddan tashqari kuchiga" eʻʻtibor qaratdi.

BMT bosh kotibining maxsus vakili Ayse Jihan Sultanogluning fikricha, xalqaro tizimni zudlik bilan isloh qilish zarurati bor. Uning soʻzlariga koʻra, yangi xalqaro tizimda “mojarolar emas, tinchlik” ustuvor boʻlishi kerak.

Ishtirokchilar dunyoda mustahkam tinchlik oʻrnatish uchun innovatsion diplomatik echimlar va yadroviy qurolsizlanishga qaratilgan saʻʻy-harakatlarning muhimligini taʻʻkidladilar.

Mavzuga aloqador